Explanatory dictionary
ag‘darmoq
ағдармоқ
Meanings
- Tikka holatdan yotqizmoq; yiqitmoq.
- Tepadan pastga qulatmoq.
- Ostini ustiga qilmoq, ichini sirtiga, bir tomonini ikkinchi tomoniga aylantirmoq.
- koʻchma Hokimiyat tepasidan yoki yuqori mansabdan tushirmoq; olib tashlamoq.
- koʻchma Yoʻq qilmoq, barham bermoq. \Qorabuloqliklar] Yelkalarida ezib kelgan qora qashshoqlikni agʻdarib tashlash umidida shod va xurram boʻlib boradilar. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- koʻchma Ayb, jinoyat va shu kabilarni taqamoq.
- Astar-avrasini agʻdarmoq ayn. avra-as- tarini agʻdarmoq. q. avra-astar. Yil agʻdarmoq Muchal yil hisobidan foydalanib, tugʻilgan yilini aniqlamoq. Koʻngilni agʻdarmoq Koʻngilni ozdirmoq. Oʻziga agʻdarmoq 1) oʻz tomoniga oʻtkazmoq, oʻziga tortmoq, jalb qilmoq; 2) oʻzlashtirmoq.
Examples
- Birlashgan togʻni agʻdaradi. — Maqol. n
- Oqsoy qiryuqlardan oshib-toshadi. Koʻkka boʻy choʻzgan, magʻrur daraxtlarni agʻdarib, arzimagan bir xasday oqizadi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Otdan agʻdarmoq. m Qaqvon shahrining shohini shohi Abbos der edi.. Abbosni fildan agʻdardi. — "Nurali".
- Yerni agʻdarmoq. Loyni agʻdarmoq. Xirmonda paxtani agʻdarmoq. n Muyulishda yotgan oq qogʻoz Murodjonning diqqatini tortdi va olib agʻdaribkoʻrdi. — Gazetadan.
- U \Yoʻlchi] dedi: ..jamikimehnatkashlar yaktan boʻlib chiqsa, boylarni va qonxoʻr Nikolayni agʻdaribtash,shshi aniq gap. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Salim ham butun aybni Yoʻlchiga agʻdarib, oʻzini quruqqa tortdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Domla unga boʻhton agʻdaribchiqqanini fahmlab, haqiqatni aytmasa boʻlmasligiga jazm etdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Gapiring, Abdishukur, juhudning pulini qanday qilib oʻzimizga agʻdaramiz? — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0