ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

bo‘g‘iz

бўғиз

Meanings

  1. (3-sh. birl. boʻgʻzi va boʻgʻizi) 1 anat. Tomoqning qiziloʻngach va kekirdak boshlanadigan yeri; tomoq. Odam ogʻzidan, mol boʻgʻzidan osilar. Maqol. ■■ Hazratqul qoʻzi-choqning boʻgʻziga pichoq tortdi. S. Ahmad, Yulduz. Qitigʻiga tegsang, boʻgʻzingga ustara tortishdan toymaydi battol. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
  2. Joni boʻgʻiziga keldi q. jon.
  3. Jon, hayot-mamot ramzi. Musul-monqulning omonsiz qilichi ogʻaynimning boʻgʻ-zida edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  4. Qumgʻon, oftoba va sh. k. idishlarning qornidan yuqorisidagi tor, naysimon qismi. Shishaning boʻgʻzi. Obdastaning boʻgʻzi. Boʻgʻzi tor idish, tm -Qaysi biridan boʻlsin? — dedi shishshtrning boʻgʻzidan ushlab turib. S. Siyoyev, Otliq ayol.
  5. Oʻsimlik tanasining ildizga tutash-gan joyi. Bundan maqsad: koʻchatning boʻgʻzi-dagi tuproq choʻkib, havo kiritmaydi, ildizi yaxshi rivojlanadi. Gazetadan.
  6. Gapi, soʻzi boʻgʻziga tiqilmoq yoki boʻgʻzida qolmoq Muayyan sharoit, ruhiy holat taʼ-sirida oʻz fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq. Indamadi-yu, aytadi-gan gapi boʻgʻziga tiqilib qolganday boʻldi. A. Muxtor, Asarlar. Shu soʻz boʻgʻziga tiqildi. Aytay dedi, aytolmadi. "Yoshlik". Shu payt eshik zarb bshshn taqillab qoldi. Muhabbat choʻchib tushdi. Safaralining gapi boʻgʻzida qoldi. N. Fozilov, Diydor.

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary