Explanatory dictionary
bo‘g‘moq
бўғмоқ
Meanings
- Qattiq qismoq.
- Nafas olishni qiyinlashtirmoq, da-mini qaytarmoq.
- Ovozni (yoki gapni) boʻgʻmoq 1) tovush paychalarini zararlantirib, ovozni chiqar-maydigan yoki xirildoq qilib qoʻymoq.
- Qattiq siqib, chandib yoki burab bogʻlamoq.
- Fob, boʻgʻov solib toʻsmoq.
- Iskanjaga olib, tang ahvolga solmoq yoki halok qilmoq, mahv etmoq.
- Toʻsqinlik qilib, oʻsishdan, ri-vojlanishdan toʻxtatmoq, barbod qilmoq.
- Ishtahani boʻgʻmoq 1) ishtahani ketkiz-moq. Hayot.. boyagiday qiltomoq boʻlib oʻti-raverdi, toʻgʻrisi, bu noyob vaxt uning ishta-hasini voʻgʻiv qoʻygan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.; 2) hafsalasini oʻldirmoq; biror ishdan bezdirmoq, sovutmoq.
- Ortiq darajada asabiylash-tirmoq, xunob qilmoq, diqqatini oshir-moq.
- Rangini, tusini xiralashtirmoq; koʻ-rinishini buzmoq.
- Ogʻirlashtirmoq, buzmoq.
Examples
- Tomogʻidan boʻgʻmoq. Galstuk boʻgʻib yuboryapti. yat
- Safarov yugurib borib, uni boʻgʻayotgan yoʻgʻon kishining yelkasiga bir tepdi. A. Qahhor, Asarlar.
- Oyshavonu, erini birov boʻgʻib oʻldirayotgan-dek, dod sola boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Piyoz oʻtash — xotishshrning ishi.. Nima boʻp-ti! Ariqqa oʻtiriv olasiz-u, pushtadagi piyozni boʻgʻib qoʻygan oʻtni yuliv tashlay-verasiz. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
- Sovuq jonlaringni ola-dimi? Tutun boʻgʻadi-ku, eshikni ochinglar! Oybek, Tanlangan asarlar. Oʻtningharorati Ergashevning yuzini qizdirib, vurqiv chiqa-yotgan tutun esa nafasini voʻgʻar edi. N. Safarov. Nafasni voʻgʻadigan, koʻzlarni koʻr qiladigan chang-toʻzon vuluti havoni tutdi. Oybek, Navoiy.
- Yoʻtal ovozimni boʻgʻib qoʻydi; 2) soʻz erkin-ligidan mahrum qilib, gapirtirmay qoʻymoq.
- Nega birovning gapini boʻgʻasiz? Balki oʻsha qiz Mirzayevni yaxshi koʻrar? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Qachongacha ovozimni voʻgʻadilar, tirikman — tinchimayman, tin-chimayman. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qopning ogʻzini boʻgʻmoq. sht
- -Oʻlja-larimiz ham koʻpayiv qoldi, — dedi qopning ogʻzini boʻgʻib.. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Daryoni boʻgʻmoq. Koʻchani boʻgʻmoq. n Toʻgʻon taxtasini pastga bosib, suvni boʻgʻmoqchi voʻlganida, toʻgʻonga qulf solinganini koʻradi. N. Safarov, Tanlangan asarlar.
- Xalqimiz katta-katta kanallar qazib, daryolarni boʻgʻdi. "Mushtum".
- Mudhish oʻrgimchak uyasi, qullik davrining mashʼum soyalari, hurlikni boʻgʻuvchi qora yuraklar! N. Safarov, Tanlangan asarlar.
- Bunday paytlarda yashil koʻkat qanchalik koʻzni quvontirsa, shoʻrxok shunchalik taʼvni xira qilar, bamisoli biri hayotga ta,tinsa, ikkinchisi uni boʻgʻmoqchi boʻlardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Tashavvusni boʻgʻmoq. m U oʻz mayl-istagini boʻgʻmaydigan, koʻrkam ham uddavuron yigitga turmushga chiqishni oʻylaydi. "Yoshlik".
- -Ishtahasini boʻgʻib qoʻyish kerak unday odamlarning, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Oʻzingni ham diqqat qilma, meni ham boʻgʻma. v Hijron panjalari uning [Zulfi-qorning] tomogʻidan voʻgʻa voshladi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Kishini boʻgʻasiz, Zaynab! Gapga temirchilik yaxshi emas! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Paxsa devorlar taviat manzarasini boʻgʻib turibdi. m U.,
- oʻrta boʻyli bir juvon boʻliv, egnidagi toʻq-qizil koʻylagi, uning ustidan kiyib olgan qora jiletkasi, boshidagi yashil roʻmoli qora-chadan kelgan yuzini boʻgʻivroq qoʻygan voʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kuni bilan quyosh taptini yegan paxsa devorlar oʻzidan issiqlik chiqarib, havoni boʻgʻib qoʻyadi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Source: Wiktionary
Views: 0