Explanatory dictionary
bo‘lak
бўлак
Meanings
- Butunning bir qismi; qism, parcha, kesim.
- Boʻlak-boʻlak qilmoq Pora-pora qilmoq, oʻldirmoq.
- Narsalarning tortib, oʻlchab ajratil-gan har bir qismi, donasi, oʻrami.
- sft. Boshqalardan farq qiladigan; boshqa, oʻzga, boshqacha.
- Oʻziga mustaqil, alohida, ajratilgan; boshqa-boshqa.
- Boʻlak qilmoq 1) qismlarga boʻlmoq.
- koʻm. vazifasida. (ch.k. soʻz bilan) Boshqa, tashqari.
Examples
- Engashib, yashikdan ikki boʻlak koʻmir olib soldi. S. Karomatov, Oltin qum. Qozi piyolani oldiga qoʻydi-da, soʻyilgan anor-dan bir boʻlagini olib, yirik qizil donalar-ni kaftiga uqalay boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Nihoyat, u jonliroq kesilgan goʻsht boʻlaklari qolib, bundayroqlarini olib, uzata boiiadi. M. Mansurov, Yombi.
- Dushmanlarni boʻlak-boʻlak qil-madim, Qaytayin, dogʻ qoldi yurak ichida. "Yusuf va Ahmad". Gap boʻlagi tlsh. Gap ni tashkil etgan har bir mustaqil soʻz yoki soʻz birikmasi.
- Bir boʻlak sovun. shsh
- Mirzakarimboyning xotini bir katta boʻlak choyni Yoʻlchiga berib, Gulnorni ishadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Toʻyimiz-ning ertasiga sovgʻaga ikki boʻlak kirsovun olib kelgan. S. Ahmad, Ufq.
- Bu boʻlak gap. U butunlay boʻlak odam, m Bunday paypiarda u hech narsani eshitmaydi, hech kimga quloq solmaydi: oʻziga xos bir boʻlak dunyoda — xayol dunyosida yashaydi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Undoq emas, yanga, endi zamon boʻlak, endi davlat hisob-kitob bilan baraka topadi. A. Muxtor, Opa-singillar.
- Ularning roʻzgʻorlari boʻlak. n Har kimning goʻri boʻlak! N. Norqobilov, Toʻqnashuv.
- Koʻrsat yoʻlni, ne kunlarni solarman, Ajdar-honi necha boʻlak qilarman. Fozil shoir; 2) oila-roʻzgʻorni ajratmoq, boshqa qilib qoʻymoq.
- Roʻzgʻorimizni boʻlak qildik.
- Bundan boʻlak gapim yoʻq. n Elmurod, ertalabdan beri non-choydan boʻlak hech narsa yemagashshkdan, koʻngli ozganligini sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Karim akaning ota-onasi erta oʻlib ketgan. Fazilat opadan boʻlak hech kimi yoʻq, kambagʻalgina yigit edi. M. \az-ratqulov, Jurʼat.
- Ukasidan boʻlak Hamida-ning yaqini qolmadi. "Yosh kuch".
Source: Wiktionary
Views: 0