Explanatory dictionary
bo‘sag‘a
бўсаға
Meanings
- . ostona.
- . Biror hudud, manzilning kirish, boshlanish joyi, ostonasi.
- . Biror marosim, muhim sana va sh. k. arafasi, boshlanish davri.
Examples
- Yomonning toʻrida yotguncha, Yaxshining boʻsagʻasida yot. — Maqol. —
- Yomon kuchuk boʻsagʻada hurar. — Maqol. —
- Ashmat eshik tutqichini ushlab, bir nafas boʻsagʻada turib qoldi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Boʻri Paygʻamov, eshik ochilib, boʻsagʻada Nusratbek koʻrinishi bilan, yuzlari yashnab, oʻrnidan turib ketdi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Qorabugʻroxon boshliq koʻchmanchilar oʻrdasi hozir Samarqand boʻsagʻasida. — M. Osim — Ibn Sino qissasi
- Berlinning boʻsagʻasida turibmiz, deb martda bir xat kelgan edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Minglab kichkintoylar maktab boʻsagʻasiga birinchi marta qadam qoʻyadilar. — E. Qodirov — Yangi marralar sari.
- Oʻtgan yil bilan ham xayrlashdik. Yangi yilning qutlugʻ boʻsagʻasiga qadam tashladik. — N. Safarov — Olovli izlar.
- U gʻalaba qasrining oltin boʻsagʻasida edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Armiya boʻsagʻasida turgan navqiron yigitlarga tilagim — Vatanimizning munosib qalqoni boʻlishsin. — Gazetadan. —
- Sidiqjon xuddi zoʻr baxtga erishgan yoki oʻshanday baxtning boʻsagʻasida turganday, terisiga sigʻmay.. eski hayotini eslagisi ham kelmay yurar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Etymology
O‘rta Mo‘g‘ulcha Bosaga so'zidan kelib chiqadi.
Source: Wiktionary
Views: 0