Explanatory dictionary
bo‘yicha
бўйича
Meanings
- Muvo-fiq, binoan, koʻra.
- Oid, tegishli, doyr.
- Sohasida, masalasida.
- Holatida, shaklida.
- Hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joy-ga taalluqli ekanligini biliradi.
- Shu boʻyicha ayn. shu boʻyi q. boʻy I.
Examples
- Buyruq boʻyicha. Qonun boʻyicha. U shart boʻyicha Shoqosimga ov-qat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. — Oybek — Tanlangan asarlar —
- Bu Oʻroz har kungi odati boʻyicha, jiydaga suyanib, oʻzi yasagan kichkina doʻmbirasini chala ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar — .
- Klassik kurash boʻyicha mamlakat chempionati boshlandi. — Gazetadan
- Rota boʻyicha navbatchi, kichik serjant Nazarov eshitadi. — Gazetadan
- Chinniga gul solish boʻyicha ishlarni ishchi-rassom ba-jaradi. — Gazetadan
- Savodsizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib qoldi. K. Yashin, Hamza.
- Hotam aka brigadasi meva yetishtirish boʻyicha birinchi oʻringa chiqib oldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi.
- Stansiyaning direktori men emas, Sizsiz, qolaversa, ministrlikning asalari-chshshk boʻyicha inspektori ham sizsiz. "Mushtum".
- Atrof tinch, sahro yaratilgan boʻyicha goʻyo qotib qolganday. K. Yashin, Hamza.
- Tuman boʻyicha. Viloyat boʻyicha. n Bultur butun Oʻzbekiston boʻyicha paxtadan rekord hosil olindi. — Gazetadan
- 1985 yili Yevropa boʻyicha uzun moʻylovlilar orasida birinchilikni olgan turkiyalik Ayub Toʻpchi oʻz moʻylovini besh million liraga sugʻurta qildi. — Gazetadan
- Bir kun kechasi u Otabek yangi odati boʻyicha alla-qayoqqa ketgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar — .
Etymology
koʻm. (b. k. soʻz bilan)
Source: Wiktionary
Views: 0