Explanatory dictionary
bug‘doyrang
буғдойранг
Meanings
- Yuzi bugʻdoy rangiga oʻxshash, qorachadan kelgan, qorachaga moyil.
Examples
- Bu odamning tusi bugʻdoyrang boʻlib, yuzi toʻla va silliq edi. S. Ayniy, Esdaliklar.
- Nusratbek eshikka yaqinlashganda, mashinadan qora atlas koʻylak kiygan, bugʻdoyrang yuzli ayol tushdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Rahimning bugʻdoyrang beti jiddiylashgan, aqlli, tiyrak koʻzlari bir nuqtaga qadalgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqtar.
- Novchadan kelgan, bugʻdoyrang, sochlari tim qora, koʻzlari chaqnab turgan Zarina oʻzining sahroyi goʻzalligi bilan boshqa ayollardan ajralib turardi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi.
Source: Wiktionary
Views: 0