Explanatory dictionary
cho‘yan
чўян
Meanings
- [r. chugun < t. choʻyan| Poʻlat hosil qilish yoki quyma detallar tayyorlash uchun ishlatiladigan, uglerod bilan temirdan, shuningdek, juda oz miqdordagi boshqa qoʻshilmalardan iborat qotishma (poʻlatga nisbatan moʻrtroq va kam bolgʻalanuvchan boʻ-ladi).
- sft. Choʻyandan tayyorlangan, choʻyandan qi-lingan.
- Cho'yan - mo'rt, temir qotishmasidir. Domnada suyuqlantirilgan cho'yan tarkibida 93% atrofida temir, 4,5% gacha uglerod, kremniy 0,5-2%, marganes 1-3%, fosfor 0,02-2,5% va oltingugurt 0,005-0,08% bo'ladi. Cho'yan ikki xil: kulrang va oq bo'ladi. Kulrang cho'yan tarkibida uglerod grafit holida bo'ladi va sindirilganida kulrang tusli bo'ladi. Texnikada u quyish (mashinalarning og'ir qismlarini, maxoviklar va hokazolarni quyish) uchun ishlatiladi. Oq cho'yan tarkibida uglerod asosan sementit Fe3C holida bo'ladi. Cho'yan - temir rudasini domna pechlarida eritib olinadigan boshlang'ich mahsulot. Cho'yan ishlatilishi va kimyoviy tarkibiga ko'ra po'lat quyishda qaytadan eritib po'lat olinadigan (domna pechlarida olinadigan mahsulotning 80% dan ko'prog'i), shakldor mahsulotlar olinadigan quyma cho'yan, tarkibidagi kremniy va marganes miqdori oshirilgan maxsus cho'yanlarga bo'linadi. Domna ferroqotishmalari (domna ferrosilitsiy, ferromarganes, silikomarganes, ko'zgu cho'yan) deb ataluvchi maxsus cho'yanlar juda cheklangan miqdorda eritiladi; po'latni oksidsizlantirish va legirlashda qo'llaniladi. Cho'yan quymasining sifatini oshirish maqsadida unga kam miqdorda modifikatorlar (masalan, magniy, ferrosilitsiy va b.) qo'shish yo’li bilan modifikatsiyalanadi va cho'yan turli elementlar bilan legirlanadi.
Examples
- Oq choʻyan. n
- Choʻyandan qattiqdir bo-tir badani. — "Yusuf va Ahmad".
- Jonning rohati-da bu moʻrcha. Choʻyan bandli pechkani yoqishingiz bilan, qozonda suv isiydi. — Oʻ. Hoshimov — Ikki eshik orasi.
Source: Wiktionary
Views: 0