Explanatory dictionary
cho‘zmoq
чўзмоқ
Meanings
- Urib, pachaqlab, chigʻirdan oʻtkazib yoki boshqa biror yoʻl bilan uzaytirmoq, yoymoq.
- Bir gapni hadeb gapiravermoq, ran chaynamoq, ezmalik qilmoq.
- Qoʻlni, tana aʼzolarini yuqoriga yoki oldinga uzatmoq, choʻziltirmoq.
- Qoʻl uzatib, biror narsani bermoq.
- Uzaytirmoq (muddat, vaqt va shu kabilar haqida).
- Orqaga sudramoq, kechiktirmoq, pay-salga solmoq.
- Iqtisod qilib, tejab-tergab, koʻpga yetkazmoq.
- Boʻy choʻzmoq q. boʻy I 3. Kekirdak choʻzmoq q. kekirdak.
Examples
- Simni bolgʻalab choʻzmoq. yat Qoratoy.. qizil choʻgʻ boʻlgan temir parchasini bolgʻa bilan gurs-gurs urar, yassilar, choʻzar, qayirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Otang te-mirchi boʻlsa ham, gapni choʻzma. — Maqol. ■■
- -Gapni choʻzmang, — jerkindi Haqnazarov.. O. — Muxtor — Egilgan bosh.
- [Avaz] Qalam-ga qoʻl choʻzdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tojiniso begim nola bilan koʻkka choʻzgan qoʻllarini yerga tashlab engashdi. — "Yoshlik. Kresloga oʻtirib, oyogʻini oldinga chuzdi. "Saodat".
- Qarasa, yuzlari shaftoliqoqiday burushiq bir kampir qandolatfurushga kumush tanga choʻzib turardi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Oʻquv yilini avgustgacha choʻzmoq. yat Oʻsha joyda.. elchixona xodimlari ozgina koyingan boʻlib, vizasani choʻzib berishdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Ekin kampaniyasini choʻzib yubor-mang. n
- Shoshilmaslikning ikkinchi, ham kuchli sababi, mumkin qadar toʻyni uzoqqa choʻzib, uiy vositada Anvarni sogʻish.. edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Oz pul olsa ham, choʻzib-choʻzib, uch kunga yetkazdi. n
- Bu mablagʻni u [Toʻgʻonbek] ancha choʻzdi. — Oybek — Navoiy.
- Polufabrikat magazinidan muz-latilgan chuchvara, guvalacha qilib tayyorlan-gan kotlet, yogʻli xamir, choʻzib qoʻyilgan lagʻmonlarni opkelib, pishirib yurgan odam-man. — S. Ahmad — Jimjitlik.
Etymology
1 Tortib uzaytirmoq, uzayt-moq. ◆ Rezinkani choʻzmoq. Xamirni choʻzmoq. n Jayrona
Source: Wiktionary
Views: 0