Explanatory dictionary
fe’l
феъл
Meanings
- . Kishi xarakterini tashkil etuvchi ruhiy xususiyatlar va undan yuzaga keluvchi xatti-harakatlar majmui; xulq, xarakter, xulq-atvor.
- . Insonning maʼlum paytdagi ruhiy holati, kayfiyati, avzoyi.
- It feʼl Yomon xulqli, yaramas.
- Feʼli aynamoq Oʻzgarmoq, yomonlashmoq (ob-havo haqida).
- Feʼli keng Bor narsani birov bilan baham koʻradigan, birovdan ayamaydigan, saxiy.
- Feʼli tez tez 5.
- Feʼli tor Haddan tashqari ziqna, xasis.
- Feʼli qaytmoq ayn. toʻnini teskari kiymoq toʻn.
- . Odat, xulq, qiliq; ish, xatti-harakat.
- Xush feʼl xushfeʼl.
Examples
- Har kim feʼliga yarasha olar. — Maqol.
- Bu oyimchaning feʼlini bilasiz-ku! — dedi Mastura koʻziga yosh olib. — E. AʼzamovJavob.
- Feʼli buzilmoq. Feʼli aynimoq. Feʼli ozmoq.
- Shunday feʼli buzildiki, xudodan ham xafa boʻlib ketdi. — M. IsmoiliyFargʻona t. o.
- Biroq raisning feʼli birdaniga aynib qoldi. — S. ZunnunovaOlov
- Samovarchining it feʼl ekanini payqagan boʻlsa ham, noiloj uning oldiga bordi. — OybekTanlangan asarlar.
- It fe'lli, badbaxt! qoshu qovogʻingdan naq qor yogʻadi.. — OybekTanlangan asarlar.
- Shamol esib, havoning feʼli aynib birpasda.. — GʻayratiyTanlangan asarlar.
- Goho kulib, osmon hammani xursand qiladi, goho birdan feʼli aynib, dehqon dilini siyoh qiladi. — N. SafarovOlovli izlar.
- Tegirmonda tugʻilgan sichqonning feʼli keng. — Maqol.
- Oʻlganda goʻring keng boʻlsin, tiriklikda — feʼling. — Maqol.
- Temirchining uyi tor boʻlsa ham, feʼli keng edi. — Sh. RashidovQudratli toʻlqin.
- Ey, feʼli keng qishloq oʻgʻli, kushayin seni! — A. SherQadimgi kuy.
- Xotining, bunaqa feʼli tez ekan, [bolani] olib ketmagani ham durust. — A. QahhorQoʻshchinor chiroqlari.
- Qadim oʻtgan zamonda, Kattaqoʻrgʻon tomonda, Bir ochkoʻz boy bor edi, Feʼli juda tor edi. — Uygʻun
- Ularda pul boʻladi, bilaman. Lekin ayollarning feʼli tor. — OybekTanlangan asarlar.
- Yo tavba, yo tavba! Muncha feʼling qaytmasa, qizim? — N. SafarovTanlangan asarlar.
- Yolgʻonchilik shunday bir shum feʼldirki, imonga, rizqqa, umrga, eʼtibor va obroʻga ziyoni bordur. — HamzaTanlangan asarlar.
- Qoyil qoldim endi qilgan feʼlingga, Oʻgʻil koʻrgin, qoʻlin solsin boʻyningga. — Erali va Sherali
- Hali ham tavba qil qilgan feʼlingga, Toʻxta, oyim, yetolmaysan elingga. — Murodxon
- [Oʻroz] Mirzakarimboyga qarol boʻlib yollangan, ket-boshi kir, uvada boʻlishiga qaramay, chiroyli, xush feʼl, yoqimtoy yigit edi. — OybekTanlangan asarlar.
- Zaynabning shu feʼli balogʻatga yetib, erga tekkandan keyin ham oʻzgarmadi. — A. QodiriyOʻtgan kunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0