Explanatory dictionary
g‘arib
ғариб
Meanings
- Qarindosh-urugʻi yoki biror koʻmakchisi boʻlmagan, kimsasiz; musofir.
- Kambagʻal, qashshoq; faqir, bechora.
- Nochor holatli; koʻrimsiz; ahvoli tang.
- Ajib, qiziq, ajoyib.
Examples
- Gʻarib koʻnglini gʻarib bilur. — Maqol.
- Bu gʻarib va kimsasiz kishi asli Sabzavor shahridan boʻlib, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Fayzi kasalxonadan ketgandan keyin, bamisoli gʻarib boʻlib qoldim. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Tirnoqla yer oʻyib, suvlar oqizgan Gʻariblar ahvoli qolardi tangga. — Gʻayratiy.
- Bozor Hamroyevich, oʻgʻli gʻaribgina bir oilaga naqadar katta gʻamtashvish orttirganini tushundi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- ..shahar chetida ijarada, gʻarib bir xonada.. yashardik. — M. M. DoʻstLolazor
- Giyohlari qovjiragan gʻarib mozorga tikilib oʻtirib, oʻtgan bolaligini.. esladi. — S. Ahmad — Ufq.
- Oʻzi hamma vaqt gʻarib yashashiga qaramay, juda serpardoz edi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Sizlar emas, otang nima boʻladi, Bolam, jang endi gʻarib boʻladi. — "Malikai ayyor".
- Agar gumonim toʻgʻri boʻlsa, Komilbekning qotili Homiddir! — Bu soʻz Otabekni ajablantirganidek, usta Olimga gʻarib eshitilgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Etymology
arab. — yot, begona, oʻzga; notanish, nomaʼlum
Source: Wiktionary
Views: 0