Explanatory dictionary
g‘o‘la
ғўла
Meanings
- \f. 4J < J jJl — dev; juda katta, ulkan] 1 Daraxt tanasi yoki xodadan kesib olingan boʻlak.
- Gʻoʻlaga oʻxshash, yoʻgʻon.
- Gʻoʻladan kelgan Yoʻgʻon, gʻoʻlabur.
- Kuchli, asosli.
- Kichik yumaloqshaklli, gʻoʻlak.
- Koʻz gʻoʻlasi Koʻz soqqasi.
Examples
- -Ikkita sada ham sotib olib, charx boʻladigan.. gʻoʻla kesib tayyorlab qoʻydim.. - dedi [otam]. — S. Ayniy — Esda-liklar.
- Abduvahob gulzor orqasidagi xona-dan bir necha arralangan gʻoʻlalarni koʻtarib chiqdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Hovlida katta yongʻoq gʻoʻlasi ustida miltigʻini to-zalab oʻtirgan Toʻrabek.. chorboqqa qarab qoʻydi. — M. Mansurov — Yombi.
- Uning dallol qa-rindoshi savatday sallasini olib qoʻyib.. qoʻnji bir qarich, qurushqoq mahsili, qoʻpol gʻoʻla oyoqlarini uzatdi. — Oybek — O.v. shabada-lar.
- Yuqoridan magnit podʼyomniklari choʻyan gʻoʻlalarini olib kelib, pechga tashladi. — Mirmuhsin — Chiniqish.
- Bir na-fas oʻtmay, kabinetga gʻoʻladan kelgan, moʻy-lovdor, quvnoq bir odam kirib keldi. — Mirmuhsin — Zanglagan qilich.
- Birok, koʻchaga chiqish uchun gʻoʻlaroq vaj kerak edi. Vajni darrov topdim.. — A. Muqimov — Aqlim kiryap-ti.
- Gapning gʻoʻlasi buyoqda.. — "Mushtum".
- Oʻqoʻrni-da sogʻ loyni noʻxatdek-noʻxatdek gʻoʻla qilib, ogʻziga solardi-da, tuppakni nishonga toʻgʻ-rilab, "tuf" desa, moʻljalga olingan par-randa toʻp-toʻp yerga tushaverardi. — Shukrul-lo — Javohirlar sandigʻi.
- Keyin [tutni] quritib, gʻoʻla qilib olishdi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
- Gʻoʻlasi chiqay-chiqay deb turgan katta koʻzlari kimga, nimaga tikilayotganining tayini yoʻq. — A. Muhiddin — Qadah.
Source: Wiktionary
Views: 0