Explanatory dictionary
g‘uvullamoq
ғувулламоқ
Meanings
- Toʻxtovsiz, davomli tarzda "gʻuv-gʻuv" ovoz chiqarmoq.
- Turli xil tovushli va harakatli ho-latga kelmoq; shov-shuv yoki gʻovur koʻtarmoq.
- Boshi (yoki kallasi, miyasi) gʻuvullamoq Charchash, toliqish va shu kabilardan bosh ichida ogʻriq aralash gʻuvullashga oʻxshash shovqin sezmoq.
Examples
- Tashkarida Kuturgan shamol gʻuvullab, darchani itarar, uning tirkishlaridan kor uchkunlarini ir-gʻitardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻcha-dan mashina eshigining taraqlab ochilib-yopilgani, motorning gʻuvullagani eshitildi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Arining uyasiga choʻp sukib, bir koʻzgʻab koʻysa, kechgacha tinmay gʻuvullab yotadi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Ular chillak oʻynayotgan boʻlsa kerak, har dam-har damda qaysisidir gʻuvullab yugu-radi. — "Yoshlik".
- Tanaffus eʼlon kilindi. Tomoshabinlar ini buzilgan aridek gʻuvullab kolishdi. — S. Ab-duqahhor — Sanamay sakkiz dema. Hokim gʻu-vullayotgan xalkko korab gapirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Kzub bozorga oʻxshab gʻu-vullab qoldi. "Yoshlik".
- Kun boʻyi suv ichaman, tomogʻim qaq-rab, boshim gʻuvullaydi. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla.
- Nizomjonning kallasi gʻuvullab, qoʻl-lari mushtga aylandi. — S. Ahmad — Ufq.
- Ali-mardon uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatar, miyasi gʻuvullab ketgan, chal-kash tuygʻular ichida toʻlqinlanar edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Qulogʻi gʻuvullamoq ayn. qulogʻi shangʻillamoq q. shan-gʻillamoq.
Source: Wiktionary
Views: 0