Explanatory dictionary
go‘r
гўр
Meanings
- Oʻlikni koʻmish uchun qazilgan chuqur.
- Oʻlik koʻmilgan joy va shu yerda tiklangan tepacha; qabr; qabr ustiga qurilgan maqbara.
- Goʻr azobi Juda ham qiyin, mashaqqatli ish haqida.
- -
- GURGA.mog). s. 1 "Yaxshi", "ishqilib" maʼ-nolarida qoʻllanadi.
- Kesim tarkibida kelib, rozilik, istak va sh. k. maʼnolarni ifodalaydi.
Examples
- Birovga goʻr qazisang, oʻzing yiqilasan. — Maqol.
- Goʻringdan tutun chiqqur! Goʻringda chirigur! (qargʻish) m
- Toʻpa xolaning yonida ochiq goʻr gʻorga oʻxshab, allaqanday vahima taratib, qorayib turibdi. — I. Rahim — Ixlos.
- Qayerga borasiz, Qulbobo? Ajalingiz yetsa, otamizning goʻri yoniga siz uchun katta bir sagʻana yasab, sizni eltib koʻmamiz. — S. Ayniy — Qullar.
- Yoʻl azobi — goʻr azobi. — Maqol. Goʻr azobida Azob va mashaqqat bilan, katta qiyinchiliklar bilan. Goʻrdami ayn. goʻrnimi. Goʻriga gʻisht qalamoq Birovni orqavoratdan soʻkmoq, haqorat qilmoq, qoralamok. Goʻr-nimi Qayoqda deysiz, hech-da.
- Bu safar silab-siypab oʻtibdimi? — Goʻrnimi? Bir oyogʻi toʻrda, bir oyogʻi goʻrda yoki yoʻlidan goʻri yaqin Oʻlay deb turibdi, oʻlimi yaqin (oʻlimi yaqin boʻlib qolgan qari odam haqida).
- Bir oyogʻim toʻrda-yu, bir oyogʻim goʻrda, ajal degan roʻdapo eshikning tirqishidan moʻralab turibdi-yu, qolgan besh kunimga shukur qilmay, yana orzu-havas qilaymi, aylanay ovsin! — A. Muxtor — Opa-singillar. Ota goʻri qozixonami? Arzimagan ishga, narsaga \am shuncha gʻalva-janjalmi?
- \Hasan'.\ Turmasang turmassan. Shunga ham ota goʻri qozixonami! Men Zuhra bilan narigiuygaoʻtaman. — N. Safarov — Kimga toʻy, kimga aza. [Oʻz] goʻriga tortmoq Birovni oʻz jinoyatiga sherik qilmoq; oyogʻidan tort-moq.
- U, Olaxoʻjani oʻz goʻriga tortmay, oʻsha yoqda yoʻq boʻlib ketsa koshki edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Qay(si) goʻrga Qayoqqa, qayerga.
- Qaysi goʻrga yoʻqolding, bachchagʻar! — oʻshqirdi Boboqulga qarab. — Oʻtni yoq. Bir piyoladan choy ichib, yoʻlga tushaylik! S. Anorboyev, Oqsoy. Qay(si) goʻrda Qayerda, qayoqda; qayerdadir.
- Ahmadjon aka! Qaysi goʻrda yuribsiz? Telefon qilmagan joyim qolmadi. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar. Qay(si) goʻrdan Qayerdan, qayokdan; qayerdandir.
- [Rokiya:\ Tur-gʻunboy — Farhodu, Muhabbat — Shirin edi. Qaysi goʻrdan bir xat keldi-yu, oralariga sovuqlik tushdi-qoldi. — N. Safarov — Hayot maktabi. Hammasi (yoki bari) bir goʻr Hammasi ham bir (xil), birdek, farqi yoʻq.
- -Koʻp oʻtmay, u meni yana boshqa joyga topshirdi. Bu boy dargohida oʻtgan hayotim eslashga arziydimi? Yoʻq. Hammasi bir goʻr edi, — dedi Hamroqul. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi. Har kimning goʻri boshqa Har kimning ixtiyori oʻzida, har kim oʻz bilganini qiladi.
- Karomat undoq boʻlib ketdi, indamadim; mayli, bunisiga ham bir nima demayman, har kimning goʻri boshqa, menga nima. — A. Qahhor — Qizlar.
- U(yigit) ilkisatrof-ga nazar tashlab, yuragini birdan vahm bosdi: ne boʻronda qolibketmasa goʻrga edi. — M. Mansurov — Yombi.
- Foy-dasini bermasa ham goʻrga, sakkiz ming soʻmni qaytarsin. — A. Qahhor — Sarob.
- -Qariganda meni bir baloga giriftor etmasang goʻrga edi, — deya qichqirdi [Zohir shayx\. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Etymology
|0. jj£. — qabr
Source: Wiktionary
Views: 0