Explanatory dictionary
ko‘k
кўк
Meanings
- Tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori.
- Kul rangidagi, kulrang.
- Yashil, sabza.
- Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turadigan havo qatlami; osmon.
- Oʻsayotgan oʻt-oʻsimlik, oʻt-oʻlan; maysa, koʻkat.
- Bahorda yangi chiqqan, somsa, chuchvara kabi ovqatlarga ishlatiladigan otquloq, yoʻngʻichqa, jagʻjagʻ, ismaloq kabi koʻkatlarning umumiy nomi va shunday koʻkatlar qoʻshib tayyorlangan ovqat.
- Kashnich, janbil, ukrop kabi ovqatga qoʻshib yeyiladigan rezavor oʻsimliklar, koʻkat.
- (3- shaklida - koʻki) dollar.
Examples
- Koʻk koʻz.
- Koʻk boʻyoq.
- Qoʻlimizda tovlanar jajji-jajji bayroqlar, Osmonda koʻk, qizil shar yengil uchib oʻynoqlar. — I. Muslim
- Koʻk boʻri.
- Koʻk kaptar.
- Qamchi koʻk ot bilan saman toyni yetaklab, daryo tomonga ketdi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Koʻk oʻt.
- Qarshimda tebranar koʻk barglar har on.. — Yu. Hamdam
- Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, boshing koʻkka yetguncha. — Maqol
- Martning oxirgi kunlari. Koʻk yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. — Abdulla Qahhor — Ming bir jon
- Yomgʻirlar yogʻib, yerda oʻt-oʻlanlar koʻrina boshladi, hayvonlarning ogʻzi koʻkka tegdi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari
- Mening brigadamga qarashli yerdan uch gektariga misr paxta ekdim. Koʻki juda yaxshi. — Gʻafur Gʻulom — Tirilgan murda
- Koʻk somsa.
- Koʻk shoʻrva.
- Koʻk terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi. — Choʻlpon — Kecha va kunduzKoʻk somsa - ichiga yangi oʻsib chiqqan jagʻ-jagʻ, yoʻngʻichqa, ismaloq, yalpiz kabi oʻt-oʻlanlar bargini piyoz bilan qiymalab, oshirma yoki oddiy xamirga oʻrab tayyorlangan somsa.
- Koʻk solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Bir pachka koʻki bilan qoʻlga tushibdi, ish chatoq.Boshi koʻkka yetdi - bosh.Yeru koʻkka ishonmaslik - oʻta darajada ehtiyotlamoq.
- Qizim bechora uni [Yodgorani] yerga ham, koʻkka ham ishonmaydi. — Ergash Raimov — Ajab qishloqKulini koʻkka sovurmoq - sovurmoq 3.Koʻkka koʻtarmoq - taʼrif, tavsifini juda oshirmoq, oʻta maqtamoq.
- -Mushtoqman, ammo bir oz sabr et, - dedi lablaridan meva shirasini artib Ahmad Husayn. - Qani, sen hali koʻkka koʻtargan taʼlimot qaysi? — Oybek — Nur qidiribTutuni koʻkka chiqmoq - oʻta darajada xafa boʻlmoq, xunob boʻlmoq.
- Oʻzbek oyim oʻgʻlining "oʻlganni ustiga chiqib tepish" qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
Source: Wiktionary
Views: 0