Explanatory dictionary
ko‘z
кўз
Meanings
- Tirik mavjudotning koʻrish aʼzosi.
- Nazar, nigoh; qarash.
- Koʻrish qobiliyati.
- Baʼzi narsalarning biror belgi bilan ajralib, koʻzga oʻxshab ketadigan qismi, boʻlagi.
Examples
- Koʻz kosasi.
- Koʻz oqi.
- Koʻz qorachigʻi.
- Qora koʻz.
- Koʻk koʻz.
- Xumor koʻz.
- Ayagan koʻzga choʻp tushar. — Maqol — —
- Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi. — Maqol
- Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir. — Maqol
- Maston, unga eʼtibor qilmay, otning tumshugʻidan koʻtarib, uning ochiq qolgan koʻzlariga qaradi. — Abdulla Qahhor — Maston
- Gavhar oʻrtadagi simyogʻoch uchida osilib turgan lampochka yorugʻidan qamashgan koʻzlarini kafti bilan pana qilib, yogʻoch zinalardan chiqib keldi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Koʻzi yoshli odamni Koʻzim aslo koʻrmasa. — ShuhratKoʻz gavhari - anat. koʻz qorachigʻi ostida ikki tomoni qavariq linza shaklidagi tiniqtanacha.Koʻz koʻrib (yoki koʻrmagan), quloq eshitmagan - butunlay nomaʼlum (narsa, joy va shu kabilar haqida).
- Birdan koʻz koʻrib, quloq eshitmagan bir jonivorni koʻrgandek, hayron boʻlib, sekin oʻrnidan turdi. — "Guldasta"
- Oʻris tabib Achaxonning qornini yorar emish.. Koʻz koʻrib, quloq eshitmagan kasofat ish. — Komil Yashin — HamzaKoʻz nurini toʻkmoq - koʻz quvvatini sarflamoq (oʻqish, yozish, tikish kabi ishlarga nisbatan).
- -Men.. yigirma yil xalifa uchun koʻz nuri toʻkib ishlabman — dedi Chorgul bibi. — Sadriddin Ayniy — QullarKoʻz oldi yoki koʻz oʻngi - koʻz koʻrib turgan, koʻrinib turgan maydon, fazo.
- Hammaning koʻz(i) oldida.Koʻz qiri bilan qaramoq - koʻzining bir chekkasi (yon tomoni) bilan qaramoq.
- Gavhar koʻzi qiri bilan Zulayhoga, keyin Abduxalilga qaradi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solKoʻz qismoq - biror narsani bildirish, ishora qilish uchun koʻzini (odatda, bittasini) yummoq (qismoq).
- Mullajon amaki "qih-qih"lab kulib, keyin menga qarab, koʻzlarini qisdilar. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Jiyanim menga koʻz qisib, "qoʻyavering" degandek ishora qildi. — "Guldasta"
- Garchi yigʻilganlar orasida luqmalarga bitta-yarimta koʻz qisishib oʻtirganlar boʻlsa ham, koʻpchilikning boshlari egik edi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- [Kumushning] Koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Gulnor buzuq qiz boʻlsa, koʻzimizdan uzoqroq joyga ioʻqolgani yaxshi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Zulfizarni esa odamlarning yomon koʻzlaridan oltinlarni yashirganday yashirasan. — Komil Yashin — Hamza
- Mansur hamon indamas, koʻzlarini bir nuqtadan uzmas edi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solKoʻz oldi (yoki oʻngi) qorongʻilashmoq - koʻzi xira tortib, koʻrolmay qolmoq (biror taʼsir natijasida).
- Yodgorning koʻzoʻngi qorongʻilashdi-yu, yiqilib ketmaslik uchun, stul oʻrindigʻini changallab oldi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solKoʻz tashlamoq - qaramoq, nazar solmoq.
- U yoq-bu yoqqa diqqat bilan koʻz tashladi-da, zinadan ohista yuqori koʻtarildi.. — Komil Yashin — Hamza
- Mohim koʻz tashlab, bir koʻrishda yuragi jiz etdi. — "Guldasta"Koʻz tikmoq - tikilib qaramoq, intizor boʻlmoq, qaramoq.
- Katta xotinlari.. yoʻliga koʻz tikib.. oʻtirganliklarini boyvachcha xayoliga ham keltirmas edi. — Komil Yashin — Hamza
- Mehri uning qoʻlini mahkam qisib, yuziga koʻzini tikib qolgan edi. — Komil Yashin — HamzaKoʻz tutmoq - kutmoq.
- Kelasiz deb koʻz tutdim, boʻlmadi xabar. — GʻayratiyKoʻz uzmaslik (yoki olmaslik) - tikilgan holda, koʻzini olmay qaramoq.
- Yaxshi boʻldi, deb oʻyladi Mansur, undan koʻz uzmay.. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Hayot to uyga kirib ketguncha, Gʻulomjon koʻzlarini olmadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaKoʻz urishtirmoq - bir-biriga qarab olishmoq.
- Sakson yoshligi nishonlanayotgan kuni ustozim begona bir kampir bilan koʻz urishtiribdi, oʻsha kampir bir quchoq gul keltirgan ekan. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiKoʻz yugurtirmoq - tezgina koʻrib (qarab) chiqmoq.
- Yoʻlchi atrofiga koʻz yugurtirib, qizga tomon ikki-uch qadam bosdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Naziriy uni [qogʻozni] buklogʻidan ochib, koʻz yugurtirdi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzga tashlanmoq - koʻrinmoq.
- ..uzoqda choʻqqilar koʻzga tashlanar edi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solKoʻzdan kechirmoq (yoki oʻtkazmoq) - bir chekkadan qarab, koʻrib chiqmoq; nazardan (eʼtibordan) oʻtkazmoq.
- Qoʻlyozmani koʻzdan kechirmoq.
- Hamza: "Bularning gunohi nima?" degan maʼnoda yonida "Sadoyi Fargʻona"ning bugungi sonini koʻzdan kechirib oʻtirgan Olchinbekka qaradi. — Komil Yashin — Hamza
- Qurbon aka-ukalari, xesh-aqrabolarini xayolan koʻzdan oʻtkazdi. — Yo‘ldosh Shamsharov — ToshqinKoʻzdan qochirmoq - 1) qayoqqa ketganini bilmay qolmoq, qorasini yoʻqotmoq.
- Kimda gumoning boʻlsa, koʻzdan qochirma, iziga tush. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) nazar-eʼtibordan chetga olmoq; yashirmoq.
- Bu janjallar bir yoqli boʻlguncha, uni koʻzdan qochirib turish kerak. — — Koʻzi tushmoq - koʻrmoq, koʻrib qolmoq.
- Abduqodirboy bu payt bolalar ichidan oʻgʻlini qidirardi. Unga koʻzi tushdi-yu, soʻroqqa tutdi. — Komil Yashin — Hamza.
- Koʻzi xira.
- Koʻzi oʻtkir.
- Koʻzi ojiz.
- Koʻzi yaxshi emas.
- Bir vaqtlar doʻppi tikdim, koʻrpa qavidim.. endi unday ishlarga koʻzim oʻtmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Yozuvchining koʻzi ham, dimogʻi ham, qulogʻi ham hech kimnikiga oʻxshamaydi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻiKoʻzdan qolmoq - 1) koʻrish qobiliyatini yoʻqotmoq, koʻrmaydigan boʻlib qolmoq; 2) koʻzni ishlataverib, qarayverib toliqtirmoq.
- Kechalari koʻzdan qolib tikkan doʻppingni oʻzing kiyolmaysan. — Asqad Muxtor — Opa-singillar.Koʻzni oladi - koʻzga qattiq taʼsir qiladi, koʻzni qamashtiradi (nur, jilvali narsalar haqida).
- Koʻzing olur - ipaklari tillodan. — Turob Toʻla —
- Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday begʻuborki, koʻzni oladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Derazaning koʻzi.
- Yogʻochning koʻzi.
- Buloqning koʻzi.Tizzaning koʻzi - tizza boʻgʻimi - son suyagining boldir suyagi bilan birlashgan joyidagi, tizza qopqogʻi ostidagi chuqurcha.
- Yuragi gupillab urar, shamoldan quloqlari shangʻillar, tizzasining koʻzi muzday yerga tegib turganini sal-pal sezardi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solUzukning koʻzi - uzukka qoʻyilgan yaltiroq tosh.Xurjunning koʻzi - xurjunning narsa solinadigan har bir boʻlagi.Aqli koʻzida - aql bilan ish tutmaslik, koʻzga yoqqanini, maʼqul boʻlganini qilishga nisbatan qoʻllanadi (asosan, yoshlar haqida).
- Aqli koʻzida boʻlgan bir xumsa savlatimga poʻrt uchdi. — Abdulla Qodiriy — Gʻirvonlik MallavoyBoshga tushganini koʻz koʻradi - hayotda (taqdirda) yuz bergan narsaga chidashlik, bundan boshqa iloj yoʻqlik maʼnosini bildiradi.
- Boshga tushganini koʻz koʻradi. — T. Ashurov — Oq otDunyo koʻziga qorongʻi - dunyodagi hech narsa koʻzga koʻrinmasligi, eʼtiborsiz, ahamiyatsiz holatda boʻlishini bildiradi.
- Talʼat birinchi kursdanoq Hamida degan qizni sevib qolgan, shu qiz boʻlmasa, dunyo koʻziga qorongʻi, bemaʼni koʻrinib ketardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solYomon koʻz - 1) xurofiy tushunchaga koʻra, zarar-zahmat, musibat keltiruvchi nazar, qarash.
- Dutfiniso dam oʻtmasdan kelib, goh "yomon koʻzdan saqlasin" uchun, isiriq tutattirar, goh qizini quchib yigʻlar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Yana aytaman, faqat ehtiyot boʻl, yomon koʻzdan oʻzi asrasin. — T. Ashurov — Oq ot 2) yomon, buzuq niyat.
- Oʻz qadrini bilgan xotinga erkak kishi yomon koʻz bilan qaragani botinolmaydi. — Abdulla Qahhor — XotinlarJonini koʻziga koʻrsatmoq - oʻta azob bermoq, qiynoqqa solmoq.
- Umar polvon bosh egmadi.. Ergashga qarab gʻoz turaverdi. -Islom, men bu itning vangillashini eshitmoqchiman, jonini koʻziga koʻrsatib qoʻy, —
- dedi gʻazabdan koʻzining paxtasi chiqib ketgan Ergash. — Komil Yashin — HamzaIshning koʻzini bilmoq - ish.
- Ishning koʻzini biladigan qarindoshlarimdan birining huzuriga borib, oʻgʻlimga munosib yengilroq ish topib berishlarini iltimos qildim. — "Mushtum"Koʻz boʻyamoq - oʻz foydasi uchun aldab, laqillatib, boʻlgan voqea-hodisani notoʻgʻri koʻrsatmoq; aldamoq.
- Mehmonlardan biri, yosh bolalarni toʻplab, sheʼr oʻqib berayotgan bir juvonga taʼna qildi: - Musobaqada koʻz boʻyash bilan yutgan ekansiz-da, Toʻtixon! — Abdulla Qahhor — MirzoKoʻz(ni) olaytirmoq olaytirmoq.Koʻz ostiga (yoki tagiga) olmoq - oʻziniki qilish, foydalanish va sh. k. maqsadda moʻljallab qoʻymoq.
- Sodiqjon boyvachcha "uch tanob yer, katakdek chorbogʻ"ni anchadan beri koʻz ostiga olib yurar, lekin buni Poʻlat otaga aytishga yuzi chidamay kelar edi. — Komil Yashin — HamzaKoʻz ochib koʻrgan - birinchi nikoh qurgan (birinchi er yoki birinchi xotin).
- Norjon ona Boydoda muallimning koʻz ochib koʻrgani. — J. Abdullaxonov — Xonadon
- Bu molu davlatning barchasini oʻsha koʻz ochib koʻrganining bitta harom tukiga olmaydi. — Komil Yashin — HamzaKoʻz ochib yumguncha - juda tez; bir lahzada (vaqt haqida).
- Toʻntarish koʻz ochib yumguncha yuz berdi. — Komil Yashin — Hamza
- Oʻsha koʻz ochib yumguncha oʻtgan vaqtlarda Aʼzamjon Dildorning husniga ham, shoʻshigiga ham toʻyolmay qolgandi. — Said Ahmad — UfqKoʻz ochirmaslik - hadeb doʻq-poʻpisa, taʼna-malomat qilaverib, tinchlik bermaslik, erkin ishlashga, yashashga yoʻl bermaslik.Koʻz tanish - tanishKoʻz tegmoq - xurofiy tushunchaga koʻra, birovning nazari tushishi sababli ogʻrimoq, ziyon yetmoq.
- Toʻqqiz qanotli, guldor keragali oq uyning tepasida qoʻchqor shoxi osigʻliq.. Allonxoʻja uni xonadonimga koʻz tegmasin, deb irim qilib osgan ekan. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Sen bilmaysan, bolam, bizga koʻz tegdi.. xonadonimizga shayton oralab qoldi. — Komil Yashin — HamzaKoʻz yummoq - yummoq.Koʻzga dori - juda qadrli va kam topiladigan, kamyob narsa haqida.
- Tirikchilik qiyin, qumaloq ham koʻzga dori. — Oybek — Tanlangan asarlarKoʻzga ilmaslik - nazarga ilmaslik nazar.
- Ayo toʻram, aytmaguncha bilmading. Yo bilmayman, bizni koʻzga ilmading. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻliKoʻzga ishonmaslik - koʻrayotgan narsasi haqiqat ekaniga, haqiqatda ham shu, shunday ekaniga shubha bilan qaramoq; oʻta hayron boʻlmoq.
- U [Oʻrmonjon] ikki qoʻlida uchtadan oltita choynak koʻtarib, hovuz boʻyidagi choyxoʻrlar oldiga ketayotgan Sidiqjonni koʻrib, xuddi koʻziga ishonmaganday, turib qoldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariKoʻzga koʻringan - maʼlum va mashhur; taniqli, nomdor (dongdor).
- Koʻzga koʻringan olim.Koʻzga surtmoq - ortiq darajada qadrlamoq, eʼzozlamoq.Koʻz(i)ga choʻp solmoq - bildirmay yomonlik qilmoq (odatda, oʻz kishisi, yaqinlariga nisbatan).
- -Hazilingni qoʻy, bolam, koʻzga choʻp solib boʻladimi! - dedi muloyim Zebixola.. — S. Abduqahhor — Koʻzlar
- Falonchining avlodi, deb koʻzimga choʻp solishmoqchi boʻlishdi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsaKoʻzga yaqin - husni, koʻrinishi oʻziga jalb qiladigan (asosan, yosh oʻgʻil-qizlar haqida).
- Koʻqonning koʻzga yaqin oʻgʻil-qizlarini otlariga oʻngarib chiqib ketishdi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzda tutmoq - moʻljal qilmoq, nazarda tutmoq.
- Gektaridan koʻzda tutilganidan koʻproq don va koʻkpoya olindi. — Gazetadan — Koʻzi yetmoq - ishonchi komil boʻlmoq.
- Otamurod oxiri kiyik oyoqqa tura olmasligiga.. koʻzi yetib, oʻrnidan turdi-da, pichogʻini qinidan chiqarib, Sultonovga uzatdi.. — Murodjon Mansurov — Yombi
- Umrida qalbakilik nimaligini bilmay oʻsgan qiz uchun yolgʻon bilan til topishish qiyin edi. Bu vaziyatda yashay olmasligiga koʻzi yetdi. — J. Abdullaxonov — XonadonKoʻzi yorimoq - boʻshanmoq, tugʻmoq.
- Oʻgʻil muborak boʻlsin, bolam! Hozirgina koʻzi yoridi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsolKoʻzi ilinmoq (yoki ketmoq) - uyquga ketmoq, uxlay boshlamoq.
- Hoji xola koʻzi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi, Toʻraxon gap qotib qoldi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Endikoʻzi ilindi deguncha, zambilda bemajol yotgan haligi bolaning nursiz basharasi.. koʻz oldiga kelar edi-da, uyqusini qochirib yuborardi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzi moshdek ochilmoq - aqli joyiga kelmoq, ahvolni yaxshi (toʻgʻri) fahmlaydigan holga kelmoq.
- Haligina "otish, qirib tashlash kerak", deb bu kuchni mensimayotgan Kitayevning koʻzi moshdek ochilib, ahvolning nihoyatda murakkabligini fahmladi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzi och - bori bilan qanoatlanmaydigan, toʻymaydigan.Koʻzi ochilmoq - aqli joyiga kelmoq, oʻylab ish qiladigan boʻlmoq.
- ..qoʻshnimni bir karra tanqid qilaylik, intil, ilmingni boyit, deylik. Intilmasa, oʻzidan koʻrsin, ishi chippakka chiqqanda, koʻzi ochiladi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- Mendan xavotir olmang, ogʻa, achchiq-chuchukni totib, koʻzim ochilib qolgan. — Mirkarim Osim — Ibn Sino qissasiKoʻzi ochiq - 1) ishning mohiyatiga tushunadigan; yaxshi-yomonni fahmlaydigan.
- Yaralarimizga, dard-larimizga malham qidirgan va olamdan xa-bardor, koʻzi ochiq odamlarimiz bor. Yurt qaygʻusiga ular chora koʻradi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) oʻlmagan, hayot.
- ..xudoga ming qatla shukur, koʻzim ochiq paytda qizginamning toʻyini koʻradigan boʻldim. — Abdulla Qahhor — Ogʻriq tishlarKoʻzi ochiq ketmoq - dunyodan armon bilan, maqsadiga yetolmasdan oʻtmoq.Koʻzi pishmoq - biror ish-faoliyatda katta malaka (koʻnikma) hosil qilmoq, oʻziniki qilib yubormoq.
- Boydoda muallim boshliq qurilish ishida koʻpdan koʻzi pishib ketgan keksalar yoshlarga maslahatgoʻy. — J. Abdullaxonov — Xonadon
- Erlarining har bir xatti-harakatlari maʼnosini ular bilishadi, bunga ularning koʻzlari pishib ketgan. — Komil Yashin — HamzaKoʻzi tinmoq - tinmoq.
- ..boshi aylanib, koʻzi tinib, yerga yiqildi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzi tor - oʻzgaga hech narsani ravo koʻrmaydigan; ziqna, baxil.
- - Oʻzlariyam oʻlguncha koʻzi tor, ziqna, - dedi Latip. — Gʻafur Gʻulom — Shum bolaKoʻzi toʻrt (boʻlmoq) - yoʻliga intizor.
- Shukur, oʻgʻlim, shukur, keldingmi? Seni keladi, deb oying ikkalamizning bir oydan beri koʻzimiz toʻrt. — Xoji Ahmar — Kim haq?Koʻzi oʻynamoq - havasi kelmoq.
- Oʻrtoqlari koʻrib, koʻzlari oʻynadi.Koʻzi qattiq - kishiga tikilib qaraydigan, uyalmaydigan, hayosiz.
- Biroq qiz qurgʻur ota-onasiga oʻxshamaydi-da: koʻzi qattiq, tili tez, dimogʻdor qiz boʻlibdi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalarKoʻzi qiymaslik - berishga, bahridan oʻtishga achinish, koʻngli boʻlmaslik.
- Manovi kuchukni oʻldirishga koʻzim qiymay turibdi. Qaramaysanmi, chiyaboʻriday yopishib olganini. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikKoʻzga issiq koʻrinmoq - issiq.
- Halidan beri tikilaman, koʻzimga issiq koʻrindiz, soʻraganning aybi yoʻq, deyishadi, qayerdansiz? — S. Karomatov — Oltin qumKoʻziga koʻrinmaslik - eʼtibordan yoʻqolmoq.
- Achaxonning joni ham uning koʻziga koʻrinmadi-ku... Oʻlimiga rozi boʻldi uning. — Komil Yashin — HamzaKoʻzingga qara - "hushyor boʻl", "ehtiyot boʻl", "boshqa yoqqa chalgʻima", "alaxsima" maʼnolarida ishlatiladigan ibora.Koʻzini yogʻ bosmoq - uncha-munchani, hatto tanishlarni ham tanimaydigan (nazarga ilmaydigan) boʻlmoq.
- Men koʻzini yogʻ bosgan bandalarga elanmayman, arzimni xudoga aytaman. — Komil Yashin — HamzaKoʻzini shamgʻalat qilib - chalgʻitib, koʻrmaydigan holatga solib.
- Tong otar paytda, "toʻrtinchi"larning koʻzini shamgʻalat qilib, toʻqayzor ichidan yoʻlga chiqishlari lozimligini tayinladi. — Komil Yashin — HamzaKoʻzining oqu qorasi - eng yaqin kishisi, yakkayu yolgʻizi (koʻpincha farzand haqida).
- Nainki bitta shu qizi deb umrini oʻtkazsa, koʻzimning oqu qorasi deb avaylasa.. oʻstirsa-yu, u yuziga tik qarasa. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Otamning ham, onamningham bittayu bitta koʻzining oqu qorasi men edim. — Gʻ. Rasul — AdolatKoʻzining paxtasi chiqmoq - oʻta darajadagi gʻazab, hayajon va sh. k. taʼsirida koʻzi ola-kula boʻlmoq.
- -Islom.. jonini koʻziga bir koʻrsatib qoʻy, — dedi gʻazabdan koʻzining paxtasi chiqib ketgan Ergash. — Komil Yashin — HamzaKoʻrgani koʻzi yoʻq - juda yomon koʻradi, hatto koʻrishni ham xohlamaydi.
- Ular oʻsha duma saylovidan keyin sizni koʻrgani koʻzlari yoʻq, hatto joningizga qasd qilishdan ham toyishmaydi. — Komil Yashin — Hamza
- Aslida ularni uncha xushlamayman, koʻrgani koʻzim yoʻq. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiQosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarmoq - zarar-ziyon, shikoyat yetkazadigan ishni qilib qoʻymoq.
- Men hazillashgan edim. Lekin qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarishimni oʻylamagan ekanman. — Komil Yashin — HamzaQoʻshning koʻr boʻlsa, koʻzingni qis - "yon-atrofingdagilarga qarab, oʻshalarga xush keladigan qilib ish tut" maʼnosida ishlatiladigan maqol.
Source: Wiktionary
Views: 0