Explanatory dictionary
ko‘zli
кўзли
Meanings
- (aniqlovchi soʻzlar bilan) 1 Koʻzi bor.
- Koʻzga oʻxshash teshigi, izi yoki oʻrni bor.
- Narsalarning mohiyatiga tushu-nadigan, biladigan; koʻzi oʻtkir.
- Koʻz-nazari yomon taʼsirli, koʻzi tyogadigan, "koʻzi yomon".
Examples
- Qora koʻzli. Katta koʻzli. Qisiq koʻzli. Shisha koʻzli odam, n
- Miryoqubday qora va chiroyli koʻzli.. ozoda va shirin soʻzli erkak-ni qaydan topib boʻladi? — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Mayda koʻzli toʻr. Olti koʻzli deraza. Koʻp koʻzli taxta. Brilliant koʻzli uzuk. m
- Gulnor oddiy qizil tosh koʻzli kumush uzukni choʻntagidan olib, Unsinga koʻrsatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shokirjon aka birda bu bozorga ishi tushmagan odam boʻlganligi uchun, aldanib qolmayin deb, bo-zordan "koʻzli"roq tanish odam qidirdi. — S. Abdulla — Dami chiqib ketdi.
- Keyin [akademik] Meliqoʻziga qaradi: -Koʻzli dehqon ekansan, ukam. Tan berdim. — Y. Shamsharov — Qahramonlik yoʻli.
- -Ha, endi qish chiqdi, — deyishdi koʻzli dehqonlar. — Ertadan ekin-tikin payiga tushish kerak. R. Rah-mon, Mexr koʻzda.
- Koʻzli odam qattiq tikilsa, otdan qulatadi.
Source: Wiktionary
Views: 0