Explanatory dictionary
mag‘iz
мағиз
Meanings
- (3-sh. birl. magʻzi) 1 Danak, yongʻoq kabi qattiq poʻchoqli mevalarning ichki qismi. Danak magʻzi. Yongʻoq magʻzi. n
- Biror narsaning ichki qismi.
- Asosiy mohiyat, mazmun. Masa-laning magʻzi. Gapning magʻzi. Shoir ijodi-ning magʻzi. m Yoppasiga va batamom qurol-sizlanish gʻoyasi takliflarimizning magʻzi, oʻzagidir. Gazetadan. Sheriyatdagi ushbu yoʻna-lish falsafiy lirikaning magʻzini tashkil etadi. "UTA".
- Magʻzini chaqmoq Biror narsaning mo-hiyatini, mazmunini anglab yetmoq. Yer sot-gan er boʻlmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magʻzini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar. Hozir ham hamma joyda odamlar bu nutq-ning matnini qayta-qayta oʻqib, magʻzini chaqmoqdalar. Gazetadan.
- Qora, sariq kabi soʻzlar bilan qoʻlla-nib, kishi betining rangini, shu rangga moyilligini magʻizga nisbatlab bildiradi.
- Sariq magʻiz bugʻdoy Bugʻdoyning toza, sargʻish rangli bir turi.
Examples
- Ipga chizilgan bir shoda magʻizni bilagiga osib olgan Dilshod xursand, ikki yuzi anordek qiza-rib turar edi. — S. Zunnunova — Goʻdak hidi.
- Mirish-korlik bilan taralgan suv yerning magʻiz-magʻ-ziga singib, gʻoʻza tuplarining husni-jamo-lini ochib yubordi. — A. Shermuhamedov — Pis-kentlik pahlavon. Yetiltiribuzilmagan non-ning magʻzi xom qolib, sifati buziladi. "Fan va turmush".
- Husayn Boyqaro bu vaqtda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qizil magʻiz, barvasta yigit boʻlgan edi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- Ozgʻin, baland boʻyli soldat qora magʻiz bir yigit-ning qulogʻiga nimadir deb shivirladi. — A. Ubay-dullayev — Qonli izdan.
Source: Wiktionary
Views: 0