Explanatory dictionary
mag‘zava
мағзава
Meanings
- Kir yuvilgan sovunli suv. Kir togʻorasi ham hovlining oʻrtasida magʻ-zavasi bilan qolaverdi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi.
- koʻchma salb. Ezma va shalviragan, may-dagap, lanj odam haqida. Boʻldi. Koʻp magʻza-va boʻlavermanglar. Men aytadigan gapimni aytdim. M. Hazratqulov, Jurʼat.
- Magʻzavasi chiqmoq yoki magʻzavasini chi-qarmoq Rasvo boʻlmoq (rasvo qilmoq).
Examples
- Magʻzava toʻkadigan joyham yoʻqmi? Boʻl! — Hamza — Maysaraning ishi.
- Ogʻzi-dan "shaxmat" "kvadrat", "ilgʻor metod" degan gaplar tushmayapti. Uning shaxmati oyoqqa turib ketsa, Zunnunovning magʻzavasi chiqqa-ni. — I. Rahim — Ixlos. Sizni, mana bu yerda kampirni koʻpni kurgan esli-hushli odamlar.. deb ishonib yursam, ishning magzavasini chi-qaribsizlar-ku! S. Karomatov, Hijron. Us-tidan (yoki ustiga) magʻzava toʻkmoq (yoki agʻdarmoq) Fisq-fasod, gʻiybat, igʻvo, tuh-mat gaplarni aytmoq.
- ..soxta guvohlikka oʻtgan. Ustidan magʻzava toʻkkan. — S. Anorbo-yev — Oqsoy.
- Xudodan qoʻrqib, bandadan uyaling-ey.. ustiga magʻzava agʻdaraverasizmi. Kim biladi, balki yanglishdir. — R. Fayziy — Hazra-ti inson.
Source: Wiktionary
Views: 0