Explanatory dictionary
mo‘ljal
мўлжал
Meanings
- Oldindan koʻzlab, oʻylab qoʻyilgan ish, narsa; reja.
- Chama, taxmin. Latofatning moʻlja-lida Shahob bugun komandirovkadan qaytgan boʻlishi kerak edi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
- Nishonga olingan yoki olinadigan narsa; nishon, qora.
- Moʻljal qilmoq ayn. moʻljallamoq.
- ) urish, otish qurolini moʻljalga toʻgʻri-lamoq (q. moʻljal 3).
Examples
- Bu yilgimoʻljal — gektaridan 45 sentnerdan. shsh Ravshan-ning moʻljali — bir kecha tu nash, tong ot-may Zubayda bilan xayrlashadi. — "Yoshlik". Hozir ham havoning avzoyi buzildi-yu, moʻl-jaldagi ishini tugatolmay, diqqati oshdi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Moʻljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak ehtimol. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Moʻljalga urmoq. n
- Pulemyot ogʻzidan tinimsiz uchib borayotgan oʻqlar toʻppa-toʻgʻri moʻljalga borib tegar.. qalin shoxlarni sindirib oʻtardi. — A. Rahmat — El-lik bir bahodir.
- Tosh-poʻlatov bu masalani ertadan qoldirmay uzil-kesil hal qilish va shu hafta ichida oʻqishni boshlab yuborishni moʻljal qilib qoʻydi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi. Moʻljalga olmoq 1) erishish, oʻziniki qilishni rejalashtirmoq, oʻylamoq.
- Moʻljalga olib, tayyorlab qoʻyilgan yer bor edi, qoʻldan ketdi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Menu arosatda qoldirish payidami-kan yo? Ijrokom raisligini moʻljalga ola-yotgan boʻlsa-chi?J. Abdullaxonov, Xonadon
- Qultoyning chap qoʻli bilan moʻljalga olib, boshi aralash bir zarb urishidan ham oʻzini yoʻqotmadi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- To u qoʻltiq-tayoqqa suyanib, moʻljalga olguncha, oʻrdak uchib ketar, quyon iniga yetib boʻlardi. — S. Ahmad — Ufq.
Source: Wiktionary
Views: 0