Explanatory dictionary
mubolag‘a
муболаға
Meanings
- . Tasvirlanayotgan yoki taʼriflanayotgan kimsa, narsa, hodisa va shu kabilarni oʻquvchilarga yaqqol, taʼsirli qilib yetkazish uchun ularning sifatlarini ortirib, boʻrtirib koʻrsatish; shu maqsadda ishlatilgan soʻz, ibora; giperbola.
- . Umuman, boʻrttirish, oshirib yuborish; lof.
Examples
- Oʻzbek mumtoz adabiyoti mubolagʻalarga boy.
- [Anvar:] Agar menga hurmat lozim boʻlsa, mubolagʻa bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufiz muomala qilish bilan boʻlsin. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Mubolagʻa qilmoq.
- Endi guzar va yigʻinlarda mulla Obidning kuchi haqida mubolagʻa boshlaydilar. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Anvar javobni oʻqib zavqlandi: Ofarin, Raʼno, lekin birovning ustida ortiqcharoq mubolagʻa qilibsan. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Etymology
Kuchaytirish, boʻrttirish; giperbola
Source: Wiktionary
Views: 0