ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

o‘g‘it

ўғит

Meanings

  1. Yerning kuchini, hosildorligini orttirish uchun solinadigan, tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlar boʻlgan moddalar.
  2. Mahalliy oʻgʻit Goʻng va chiqindilardan iborat oʻgʻit.
  3. Yuragida oʻgʻiti bor Gʻayrat-shijoatli, ishchan odam haqida.
  4. O'g'itlar - o'simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq xossalarini yaxshilash uchun, hosildorlikni oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Tarkibi jihatidan: mineral, organikaviy, organomineral, bakterial o'g'itlar bo'ladi.
  5. azotli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi sifatida o'simlik o'zlashtira oladigan azot birikmalari bo'lgan o'g'it.
  6. bakterial o'g'itlar - o'simliklar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari bo'lgan o'g'itlar.
  7. borli o'g'itlar - bor birikmasiga ega bo'lgan mikroo'g'it.
  8. guminli o'g'itlar - organomineralli o'g'itlar.
  9. kaliyli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi kaliy birikmalaridan tashkil topgan o'g'itlar.
  10. kobaltli o'g'itlar - kobalt birikmalari (ko'pincha sulfatlari yoki xlorid-lari)dan tashkil topgan mikroo'g'itlar.
  11. kompleks o'g'itlar - bir necha oziq elementlariga ega bo'lgan o'g'itlar.
  12. konsentrlangan o'g'itlar - oziq elementlari konsentratsiyasi yuqori bo'lgan o'g'itlar.
  13. marganesli o'g'itlar - marganes tutuvchi, asosan superfosfatlar marganes sulfat qo'shimchasi bo'lgan o'g'itlar.
  14. mineral o'g'itlar - oziq moddalar sifatida noorganikaviy birikmalar, masalan, tuzlardan tashkil topgan o'g'itlar.
  15. molibdenli o'g'itlar - tarkibida molibden bo'lgan mikroo'g'it bo’lib, asosan ammoniy molibdat ko'rinishida superfosfatlarga qo'shib ishlatiladi.
  16. organikaviy o'g'itlar - kelib chiqishi o'simlik va hayvonlardan iborat boigan, o'simliklar o'zlashtira oladigan organikaviy birikmalardan iborat o'g'itlar.
  17. organo-mineralli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi organikaviy birikmalar shaklida mineral komponentlar bilan bog'langan o'g'itlardir.
  18. ohakli o'g'itlar - asosan kalsiy va magniy karbonatlardan iborat tuproq kislotaliligini yo'qotuvchi o'g'itlar.
  19. ruxli o'g'itlar - rux birikmasiga ega bo'lgan mikroo'g'it bo’lib, asosan rux sulfati qo'shilgan ammofosdan iborat bo'ladi.
  20. suyuq-kompleksli o'g'itlar - o'g'it sifatida ishlatiladigan bir necha oziq komponentlardan tashkil topgan suyuq aralashma.
  21. temirli o'g'itlar - tarkibida temir elementi tutgan mikroo'g'itlar.
  22. fosforli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi, fosforning suvda eruvchan birikmalaridan tashkil topgan o'g'itlar.

Examples

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary