Explanatory dictionary
o‘ram
ўрам
Meanings
- I 1 Oʻralgan holga keltirilgan, oʻrab qoʻyilgan.
- Oʻralgan narsaning har bir qavati.
- Oʻram qilmoq Oʻram holatiga olmoq.
- Taxlab biror narsa bilan oʻralgan, oʻrab tugilgan.
- Bir oʻrashga yetarli, bir marta oʻrasa boʻladigan.
- Biror nimalar bilan oʻralgan, ora-liqda boʻlgan joy.
- Ijtimoiy, hududiy va sh.k. jihatdan alohida, mustaqil boʻlgan joy, ma-halla, xoʻjalik va sh.k.
- Xorazm shevasida ko‘cha ma’nosida ishlatiladi.
Examples
- Ikki oʻram ip. shya Oysha traktor orqasidagi bir oʻram arqonni olib, unga uloqtirdi. S. Ahmad, Ikki hikoya.
- Bir oʻram qogʻoz oldi yana. Bu mayda harflar bilan qora siyohda koʻchirilgan gʻazallar. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Xiva zargarlari ziynatlagan til-la buyushar, toy-toy ipak oʻramlari imperator janoblariga peshkash qilinadi. S. Siyoyev, Avaz.
- Bemorni karavotga yotqizishdi. Ikki ham-shira birin-sirin doka oʻramlarini yecha boshladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda.
- Oʻram qilingan qogʻoz. yash Arqonga osiliv turib, toshda nimadir chizayotgan yigit qoʻlidagi oq narsani oʻram qila boshladi. P. Qodirov, Qora koʻzlar.
- Tohirning sherigi xurjunidan oʻram qilingan arqon oldi. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
- Dasturxonga bir oʻram qogʻoz pul qoʻydi. N. Maqsudiy, Yuksalish.
- Ertasiga Amatjon Toʻlgʻonoyning qolgan-qutgan se-pini, uch-toʻrt koʻrpa-yostiq, bir oʻram idish-tovoq olib kelib berdi. A. Muxtor, Qora-qalpoq qissasi.
- Bir oʻram maxorka.
- Ikki qoʻshin bir-biri bilan aralashib, qilich solishardi.. Yaralan-gan otlar oʻram ichida choʻloqlanib, kishnab yurardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Oʻramlarga tarqal-dilar ul guruh, Boʻlib mavji daryo kabi koʻh-koʻh. S. Xondayliqiy.
- Ayyor ekan shu oʻramning qizlari, Yaxshi yorim yomon yoʻlga solib-di. "Oq olma, qizil olma".
- Aslida bu ikki shikoyatchining arzi, rayon u yoqda tursin, xoʻjalik oʻramidan tashqariga chiqqulik emasdi. "Mushtum".
Etymology
ko‘cha ma’nosida ishlatiluvchi o‘ram so‘zi Mo‘g‘ulchadan kelib chiqadi.
Source: Wiktionary
Views: 0