Explanatory dictionary
o‘rda
ўрда
Meanings
- Turkiy va moʻgʻul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa.
- Qoʻshin qarorgohi, lashkargoh.
Examples
- Yusufbek hoji boshliq yeru koʻkka sigʻmagan muzaffar xalq oʻrda tevaragini qurshab tushdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Mullajon yoshligida Qoʻqon xoni oʻrdasi oldidagi kazarma maydonida otda mashq qilayotgan soldatlarni koʻrib, soldat boʻlishni orzu.. qilardi. — A. Rahmat — Ellik bir bahodir
- Kumush bo‘sag‘ali ko‘k o‘rda. — O‘tamish Hoji — Tarix-i Do‘st Sulton (Chingiznoma)
- Harbiy harakatlar vaqtida oʻrda atrofi xandaq bilan oʻralgan. — "OʻzME"Oltin Oʻrda - 13-asrning 40-yillaridan 16-asr boshlarigacha mavjud boʻlgan, poytaxti turli davrlarda turli shaharlarda joylashgan, asosan turkiy va moʻgʻul koʻchmanchi qabilalari ittifoqidan iborat yirik davlat.
Source: Wiktionary
Views: 0