Explanatory dictionary
o‘rgilmoq
ўргилмоқ
Meanings
- Yuksak hurmat, sadoqat va sevgi tufayli butun borligʻini baxsh etmoq, fido qilmoq, qurbon qilmoq.
- Aylanib oʻrgilmoq - biror narsaning shaydosi, maftuni boʻlib qolmoq, parvona boʻlmoq.
- (buyruq mayli shaklida - oʻrgilay, oʻrgilsin) Nihoyatda yoqtirish, mehribonlikni ifodalaydi.
- (1-shaxs birlik shakli - oʻrgildim) Yoqtirmaslik, eʼtiroz kabi munosabatni ifodalaydi.
- Quling oʻrgilsin qarang qul.
Examples
- Zarari yoʻq, Maxsum, shariatdan oʻrgilsak ham arziydi. Siz bilan menga oʻxshash ahli moʻminlarga istaganimizcha yoʻl topib beradi. — "Mushtum"
- Oʻzbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olgan, yuzidan shap-shap oʻpib, aylanib-oʻrgilar va tikilib-tikilib, nima uchundir, yigʻlar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Voy, qomatingdan onang oʻrgilsin!
- Oyog‘ingga nima qildi? Kir, kir tezroq! Bu yoqqa, oʻrgilay.. — Abdulla Qahhor — Asarlar.
- Yuzing yorugʻ boʻlibdi, bolam, voy, oʻrgilay sendan. — Gazetadan.
- Senga yetolmay oh urganlar qancha, ammang oʻrgilsin! — "Yoshlik"
- E, oʻrgildim oʻsha zarur ishidan, nima, biz bekorchimizmi? — — Mushtum
- -E, savlatingdan oʻrgildim! - dedim ichimda. Bu kasalxonaning sartaroshiki shu qadar poʻrim boʻlsa, professori qanaqaykin? — Ne’mat Aminov — Suvarak
- Yozda anavi tolning tagida quling oʻrgilsin bitta choyxona ochib, turli ovqatlar tashkil qilamiz. — Ne’mat Aminov — Suvarak
Source: Wiktionary
Views: 0