Explanatory dictionary
o‘tirmoq
ўтирмоқ
Meanings
- Ketni biror joyga qoʻyib, biror joyni ishgʻol etib oʻrinlashmoq; choʻkmoq.
- Asosan shunday (oʻtirgan) holda biror joy, makonda boʻlmoq.
- Oʻtirib bajariladigan biror ishga unnamoq, shu ishni bajaradigan vaziyatni egallamoq.
- Transport vositasiga tushmoq, chiqmoq; minmoq.
- Biror lavozimni egallamoq, ,.boʻ-lib ishlamoq, tayinlanmoq.
- Biror joyda maʼlum vaqt boʻlmoq; turmoq, yashamoq.
- Jazo muddatini oʻtamoq.
- Inmoq, yopishmoq, oʻrnamoq.
- Mos boʻlib tushmoq; yarashmoq.
- Xush kelmoq, yoqmoq. Inspektor Orif Saidov uning [
- Taraqqiyot yuz bermay, past, quyi darajada toʻxtab qolmoq.
- Oʻtirib qolgan Turmushga chiqmay, yoshi ancha oʻtib qolgan.
- koʻm. fl. vazifasida. Yetakchi feʼldagi hara-katning davomliligi, maʼqul koʻrilmasligi kabi maʼnolarni bildiradi.
Examples
- Chordana qurib oʻtirmoq. Choʻkka tushib oʻtirmoq. Oyoq uzatib oʻtirmoq. Divanda oʻtirmoq. Koʻrpachada oʻtirmoq. Stuldaoʻtir-moq. n
- Bu holdan achchigʻlangan Qayum yonimga kelib oʻtirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gulnor deraza ostiga koʻrpacha solib, qizni oʻtqazdi va oʻzi yaqin oʻtirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Choyxonada uzoq oʻtir-moq. m
- Saodatxon oldingi qatorda oʻtir-gan Lolaxonga qaradi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Yoʻlchi bu yerda ikki soat qadar oʻtirib, yukka ilinmagach, bozor aylanish uchun turib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Fotihadan soʻng har kim oʻz ishi-ga oʻtirdi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Oftob oyim Toʻybekani mehmonxonaga bu-yurdi va oʻzi xamir qilishga oʻtirdi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Fayzulla oʻziga xos muloyimlik bilan kulib, asta bosh sil-kidi-yu, rulga oʻtirdi. — Gazetadan.
- Samolyotga oʻtirmoq. Tramvayga oʻtirmoq. v Kecha u [
- Abdshiukur] xoʻjayini bilan izvoshga oʻtirib, bu yerga mehmon boʻlib kelgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bi-rinchi aravaga Meʼmor oila aʼzolari bilan chiqib, ikkinchi va uchinchi aravalarga Zul-fiqor, Zavrak, Gʻavvoslar oʻtirishi kerak edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- U rektor boʻ-lib oʻtiribdi. U raislik lavozimiga oʻtirdi. v
- Xon ikki marotaba taxtdan haydalib.. uchinchi martaba taxtga oʻtirishi rus is-tibdodining Toshkentni olib, Xoʻjandga qoʻl uzatgan sanalariga toʻgʻri kelgan edi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Uzoq yillar ularga qoʻshni boʻlib oʻtirdik. v
- Sartaroshlik yomon kasb emas. Oppoq xsishtlarni kiyib.. ozoda xonada oʻtirasan.. — E. Raimov — Ajab qishloq. Nuri bunday gaplarni beparvolik bshyun eshi-
- tishga urinib boqardi: "Ayajonimning bagʻri-da oʻtiribman-da, shoshmasalar ham boʻlar edi". — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Turmadaoʻtir-moq. Qalyuqda oʻtirmoq. Zindonda oʻtirmoq. v Shoʻxligi boshiga yetib, bir-ikki yil oʻti-rib ham chiqibdi. R. Rahmon, Me\r koʻzda.
- Gʻarazli manfaat, nafs balosi yoʻlida ort-tirgan hamtovoqlarining yoʻrigʻiga yurgan Sodirning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi marta oʻtirib chiqishiga toʻgʻri keldi. — Gazetadan.
- Kitoblarga chang oʻtiribdi. Qish keldi-yu, novdalarga oʻtirdi qirov. v
- Yigitning uzoqqina Uoʻl-dan kelganligi uning kiprik va qoshlariga, ham endigina chiqa boshlagan soqol-murtla-riga oʻtirgan toʻzonlardan belgili edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Isssh kunning oʻtli haroratini pasaytirib, togʻ shabadasi esib turar, har tomondan atirgul, rayhon, jam-billarning yoqimli islari dimoqqa oʻtirar-di. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Bu kostyum sizga juda oʻtirdi. v
- Oyogʻidagi qizil saxtiyon etigi oʻziga juda oʻtirgan. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Zuhra Karimovna-ning.. koʻylagi oʻziga juda oʻtirgan edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ochilovning] didiga oʻtirmay qolgan. A. — Muhiddin — Hadya.
- Kecha majlisda jiyanim toʻgʻrisidagi oʻtib ketgan gapni pardozlaganingizmengaunchaoʻtirmadi. — "Mushtum".
- Urush tufayli kolxozimiz ancha oʻtirib qolgan ekan, shunday boʻlishi ham tabiiy.. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oʻtirib qolgan qiz.
- Choy damlab, kutib oʻtiribman. Kap-katta bola choynak-ni sindirib oʻtiribdi-ya! Arzimagan gapga arazlab oʻtiribsanmi? v
- Qassob labini burdi: -Be! Biz nimani tushunamiz. Tushun-sak, sizdan soʻrab oʻtirarmidik. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- -Bu kishi hidlaboʻtirmaydi, toʻgʻ-ri yeydi-qoʻyadi, — dedi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mening uyim sizning ham uyingiz. Ayttirib yuborishimni kutib oʻtir-may, bor-yoʻgʻimda ham kelib turing. — S. Axmad — Hukm.
Source: Wiktionary
Views: 0