Explanatory dictionary
og‘moq
оғмоқ
Meanings
- Biror tomonga yotib, qiya holat olmoq, qiyshaymoq, engashmoq, yonboshlamoq.
- Biror tomonga, pastga sirgʻanib, osilib tushmoq.
- Toʻgʻri, tik yoʻldan yoki belgili yoʻnalishdan chetga chiqmoq.
- Burilmoq, chetga chiqmoq; biror tomon siljimoq.
- Boʻlinmoq, chalgʻimoq (oʻy-xayol, diqqat-eʼtibor haqida).
- Toʻgʻri yoʻldan adashmoq, chetga chiqmoq, toymoq; Biror siyosiy oqimdan, maslakdan toymoq, qaytmoq.
- Biror tomonga yoʻnalmoq, qaramoq (koʻz haqida).
- Eng yuqori nuqtadan, zenitdan oʻtmoq (Quyosh, Oy va yulduzlar haqida).
- Maʼlum bir fursatdan, paytdan oʻtmoq, oshmoq.
- Biror tomonga oʻtmoq, unga moyil boʻlmoq yoki yon bosmoq.
- Kun ogʻdi; Kunduzning yarmidan koʻpi oʻtdi, kech kira boshladi.
- Tun ogʻdi; Kechaning yarmidan koʻpi oʻtdi, yarim kechadan oshdi.
- Boshi ogʻib; Falakning gardishi bilan; beixtiyor, oʻylamay-netmay, boshi aylanib.
- Boshi oqqan tomonga ketmoq; q. bosh.
- Koʻngli ogʻmoq 1) moyil boʻlmoq, muhabbat qoʻymoq.
- Esi (yoki hushi) ogʻmoq yoki esidan (yoki hushidan) ogʻmoq; 1) es-hushini yoʻqotib qoʻymoq, mahliyo boʻlib qolmoq.
Examples
- Kema oʻng tomonga ogʻdi. Devor ogʻib qoldi.
- Ortiq soʻzlay olmadi, boshi bir tomonga ogʻib tushdiyu, jim boʻldi joni uzilgan edi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
- Anisimov hamisha devorni ogʻgan tomonga yiqitadi. — E. Samandar — Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq.
- Qorinbogʻ boʻshab, otning egari chap tomonga ogʻib ketibdi.
- Samolyot kursdan ogʻdi.
- Yaxshiboyev gap mavzusi chetga ogʻib ketganini sezdi. — M. M. DoʻstLolazor.
- Bek aka boshini kaftlari orasiga oldi: -Beburd boʻlib qoldim chogʻi yoshim ogʻib! — S. Nurov — Narvon.
- Birdan diqqati ogʻib, ularga quloq tutdi. — "Sharq yulduzi".
- Menimcha, oʻrtoqlar, Qoʻchqorov partiya yoʻlidan ogʻib, yot unsurlar taʼsiriga tushib qolgan odam. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Hojixola, Toʻraxonning xayolchan koʻzlariga qarab olib, javob kutdi. Juvon koʻzlari sekin yerga ogʻdi: "Roziman". — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Raʼnoning yerga qaragan koʻzi sekingina Anvarga koʻtarilib, yana yerga ogʻdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Quyosh kunbotarga ogʻib, soyalar choʻzilib qolgan boʻlsa ham, tepalar hamon oftob selida jimirlab yotardi. — M. Mansurov — Yombi.
- Ufqqa oqqan quyosh koʻkni tutgan tutun.. orasidan goʻyo qora shisha orqali koʻringanga oʻxshaydi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Vaqt yarim kechadan oqqan edi. — M. Muhamedov — Kahramon izidan.
- Kun asrdan ogʻib, shomga yaqin qolgan, shuning uchun guzardagi doʻkonlardan ochigʻi uch-toʻrtta.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Biron eʼtiborliroq odam zakon [qonun] soʻqib qolsa, darrov oʻsha tomonga ogʻib ketishardi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Bu zamonda kimning jin chaqasi koʻp boʻlsa, odamlar oʻshanga ogʻadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Salomat qaqshoq oʻgay ona bilan chiqisholmadi. Har kun janjal, eshitmagan gapi, yemagan turtkisi qolmadi. Ota ham suyukli xotin tomonga ogʻib ketdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Kun ogʻib, yerga soya tushishi bilan Hamro opaning yuragi pitirchilab qoldi. — Oydin — Oʻzidan koʻrsin.
- Tun oqqach, batalon keldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Boshi ogʻib kelib qoldi.
- Nusratdek vujudini chulgʻagan parishon kayfiyatdan forigʻ boʻlish uchun birdan boshi oqqan tomonga ketish ishqiga tushdi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Qizing, turkman eldan birov topibdi, Qizing koʻngli shu turkmanga ogʻibdi. — "Ravshan" — ; 2) esi ogʻmoq 1.
- Men, esim ogʻib, uning ogʻziga tikilganimcha, qimirlamay oʻtirib qoldim. — Oydin — Sadagʻang boʻlay, komandir 2) aqldan ozmoq.
- Adolatning bir nuqtaga tikilgan koʻzlariga qarab qoʻrqib ketdi: esidan ogʻib qolsaya! Hali bu koʻrgulik ham bormidi unga. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Hafizaning birdan rangi oqarib, goʻyo boshiga yuz pudlik gurzi tushgandek, esi ogʻib qoldi. — Mirmuhsin — Umid.
Source: Wiktionary
Views: 0