Explanatory dictionary
qo‘ltiqlamoq
қўлтиқламоқ
Meanings
- Qoʻltigʻiga qisib tutmoq, qoʻltigʻiga joylab koʻtarmoq, qoʻl-tiqqa urmoq. Rohila plakatlarni qoʻltiq-lab, sekin nari ketdi. S. Zunnunova, Gul-xan.
- Birga yurish yoki suyab yordam berish maqsadida birovning qoʻltigʻidan, yuqori bilagidan tutmoq.
- Moddiy yoki maʼnaviy yordam bermoq, koʻmaklashmoq, qoʻllab-quvvatlamoq.
- Oʻpkasini qoʻltiqlamoq q. oʻpka I.
Examples
- Bozorov tugunchasini qoʻltiqlab, teb-ranib, mashi naga intildi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Fotima bilan Sora rus tilidan taʼlim bergan Antonina Ana-tolyevnani ikki tomondan qoʻltiqlab, eng oldinda, jadal boradilar. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- [Yoʻlchi] Chiroyli saman otning ji-lovini tutib, egasini qoʻltiqlab, yerga tushirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ota-bola uni qoʻltiqlab koʻtardilar. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
Source: Wiktionary
Views: 0