Explanatory dictionary
qo‘ng‘iroq
қўнғироқ
Meanings
- Silkitilganda, tili de-vorlarga urilib sado chiqaradigan, toʻnta-rilsan konus shaklidagi metall asbob.
- Ovoz chiqarib signal beradigan har qanday moslama. Soat qoʻngʻirogʻi. n
- Telefon.
- Qoʻngʻiroq qilmoq Telefon qilmoq, telefon orqali gaplashmoq. Ertalabdan kechgacha, gohida tunlari ham telefon trub-kasiga yopishib olib, toʻrt tarafga qoʻngʻi-roq qiladi. T. Alimov, Xushbichim yigit.
- sft. koʻchma Jaranglama, yoqimli (ovoz haqida).
- sft. koʻchma Buralib-buralib tura-digan, jingalak (soch, jun va shu kabilar haqida).
Examples
- Mis qoʻngʻiroq. Butxona qoʻngʻirogʻi. Qoʻngʻiroq chal-moq. Tuyasidan qoʻngʻirogʻi qimmat. — Maqol. m
- Boʻyinlariga osilgan qoʻngʻiroqlarni ogʻir jaranglatib, tuyalar oʻtadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xol-mat elektr qoʻngʻiroq knopkasini bosishi bilan, xona ichkarisidan yoqimli ovoz eshi-tildi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Karavot yonidagi stol ustida turgan telefon qoʻn-gʻirogʻi jiringladi. M. Joʻraboyev, M.B. mar-tabasi.
- Toʻxta, sen domla poch-changni bu yerga kirgizib yuborib, oʻzing qoʻn-gʻiroqning oldida oʻtir. Birpasdan keyin men qoʻngʻiroq beraman. Hamza, Tuhmatchilar ja-zosi.
- -Men sizni tanimadim, — dedi qiz qoʻngʻiroq tovush bilan qatʼiy. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Uning qoʻngʻiroq ovozini eshit-gan har bir kishi, uzoqlardan boʻlsa ham yetib kelardi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Sochi qoʻngʻiroq qizcha. n
- Xalil jajjigi-na, istarasi issiq, sochlari qoʻngʻiroq, boʻyi oʻziga qariyb teng keladigan dilkash bir qiz bilan tanishdi. — Tuygʻun — Doʻstlik sevinch-lari.
Source: Wiktionary
Views: 0