Explanatory dictionary
qo‘nmoq
қўнмоқ
Meanings
- Uchishdan toʻxtab, yerga yoki biror narsaga oʻtirmoq, tushmoq.
- Biror narsaning ustiga kelib tushmoq, oʻrnashmoq; inmoq (yuqoridan tu-shadigan yoki havoda harakat qiladigan narsalar haqida).
- Safarda dam olish, tunash yoki vaq-tincha istiqomat qilish uchun biror joyda toʻxtamoq, biror joyga tushmoq, oʻrnashmoq.
- Tunni biror joyda oʻtkazmoq, tuna-moq.
- Oqshom qoʻndi Kech kirdi, qorongʻi tushdi.
Examples
- Qush da-raxtga qoʻndi. Vertolyot dalaga qoʻndi. Kos-mik kema Oyga qoʻndi. Parashyutchi belgi-langan joyga aniq qoʻndi. Qush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. — Maqol. m
- Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qoʻndi chiroyli gulga. — I. Muslim.
- Havo jangida qattiq shikayet yegan nemis samolyoti, nima boʻldi-yu, shu gʻaramdan yigirma-oʻttiz metr nariga kelib qoʻndi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- [Samolyot] Oʻtishi bilanoq, qanoti ostidan shovullab quygan "yomgʻir" gʻoʻzalar bargiga shudringday qoʻna boshladi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar. U
- [Rajab] Hasan ovchini koʻrishi bilan shoshib, oyoq-qoʻllarini qoqdi, kipriklariga qoʻngan gard-larni yenglari bilan artdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Mehmonlar qayerga qoʻndilar ? n
- Bugun bizga [biznikiga] qoʻnib boradilar-da. Qovun pi-shib qoldi, qovun sayli qilamiz. — N. Safarov — Jangchi shoir.
- Bu saroyga turli mam-lakatlardan kelgan savdogarlar qoʻnar, chit, choy va ipak mollar hammasi shu yerga kelib tushardi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Husayn Boyqaro Balxda amir Argʻun deganning "Cha-hor bogʻi"ga qoʻndi. — Oybek — Navoiy.
- Yoʻlda toʻrt qoʻnib keldik. n
- Bek shu kecha bu yerda qoʻnibdilar, oʻtgan kecha Qora-xonnikida edshtr. — S. Ayniy — Qullar.
Source: Wiktionary
Views: 0