Explanatory dictionary
qo‘pol
қўпол
Meanings
- Bichimi kelishmagan; beoʻxshov, besoʻnaqay; dagʻal. Qoʻpol etik. Qoʻpol kiyim. m.
- Kishiga qattiq tegadigan, kishini ranjitadigan; dagʻal, qoʻrs, tund, yoqimsiz.
- Shunday belgi-xususiyatga ega boʻlgan shaxs haqida.
- Oqlab, kechirib yoki tuzatib boʻlmaydigan.
Examples
- Uning tarvaqaylagan qoʻpol, yalangʻoch shoxlari hovlining u burchagidan bu burchagiga yetadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Taxtadan qoʻpolgina qilib yasalgan uzun stolga qizil mato yozilgan. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qoʻpol muomala. Qoʻpol soʻz. Qoʻpol qiliq. Qoʻpol harakat. Qoʻpol hazil. Qoʻpol gapirmoq. Raisning qoʻpol eʼtirozini eshitib turgan Bekboʻta, qoni qaynab ketdi shekilli, oʻzini tutolmay, keskin gapirdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Maorif mudiri Xizirov uning [Elmurodning] tashbiga qarshi, tomdan tarasha tushganday, qoʻpol javob qildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Men ham senga eski bir maqolni aytishim mumkin edi. Lekin juda qoʻpol boʻlganidan, aytishga tshshm bormaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yuzboshi Abdullabek oʻlguday qoʻpol odam., bu odamni qaranglar, qanday xushfeʼl.. — Mirmuhsin — Meʼmor. Meni dagʻal desang, tan beraman. Qoʻpol desang, boʻynimga olaman.. Uygʻun, Qaltis hazil.
- Qoʻpol xato. Boshqalarning ichki ishlariga qoʻpol ravishda aralashshish. m.
- [Uning] Bu qoʻpol gunohini tasodifan chiqqan xayrli natijasiga bagʻishlash, bundan keiin shunday xato qilsa, qattiq jazo koʻrishini unga tushuntirish kerak. — S. Ayniy — Qullar.
Source: Wiktionary
Views: 0