Explanatory dictionary
qo‘rboshi
қўрбоши
Meanings
- Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari va ayrim Sharq davlatlarida: dastlab shaharni tunda qoʻriqlovchi mirshab; soʻngra qurol-yarogʻ ombori (qoʻr) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarogʻlar va toʻp yasash korxonalari (qoʻrxona) boshligʻi.
- Turkiston oʻlkasida Oktyabr toʻntarishigacha boʻlgan davrda mahalliy politsiyaning boshligʻi; mirshablarning boshligʻi.
- Turkistonda sovet rejimi ga qarshi qurolli harakatning harbiy rahbarlarining unvoni.
Examples
- Mirshablar tomonidan qoʻrboshi mahkamasiga soʻroqqa olib ketilgan qutidor qaytib, yoʻlakka kirishi bilan, ming xil tashvishda oʻtiruvchi Oftob oyim ila Kumushga qaytib jon kirgan kabi boʻldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qoʻrboshi xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan obroʻli shaxs hisoblangan. Ular orasida hatto ayollar ham boʻlgan. — "OʻzME"
Source: Wiktionary
Views: 0