Explanatory dictionary
ro‘kach
рўкач
Meanings
- Koʻz-koʻz qilib, yomonini yashirish uchun ajratib, oldinga qoʻyilgan sara narsa; molning, narsaning sarasi.
- Roʻkach qilmoq 1) pesh qilmoq, dastak qilmoq.
Examples
- Qulupnayning roʻkachi.
- [“Chetan” kolxozi] Rayon boʻyicha emas, Uzbekiston boʻyicha eng obroʻli namunaviy kolxozlar qatoriga koʻchadi. Rayonga.. kelgan mehmonlarga rayonning roʻkachi boʻlib qoladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- [Botir:] Hadeb qoʻchqorligingizni roʻkach qilaverasizmi, Valixoʻja aka! Kamtarlik ham kerak kishiga! — N. Safarov — Hayot maktabi. 2) bahona qilmoq.
- Bir narsa desa, uch oydan beri toʻlanmagan uy pulini roʻkach qilib, bet-koʻzingizni yulasiz, — dedi Habiba eriga. — Q. Kenja — Togʻ yoʻlida bir oqshom.
- 1994 yil mavsumida boshqa sabablarni roʻkach qilishga va oʻzini oqlashga oʻrin yoʻq, deb oʻylayman. — Gazetadan.
Etymology
ford. — ustki, ximoya qatlam, qoplama
Source: Wiktionary
Views: 0