Explanatory dictionary
so‘lg‘in
сўлғин
Meanings
- Soʻligan, soʻliq.
- Oʻzini oldirgan, siniqqan, rangi ketgan, quti oʻchgan, soʻliqqan.
- Fayzini yoʻqotgan, fayz-futurdan ketgan.
- Ruhi soʻlgʻin Ruhi tushgan, soʻniq.
Examples
- Soʻlgʻin gʻoʻza. n
- Ekinlar tomiriga qon yugurdi. Soʻlgʻin yaproqlar asta jonlana boshladi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Saxiy janub quyoshi shitob bilan tik koʻtarildi. Oʻt-alaf ham, gulche-chak ham.. issiqqa dosh berolmay, soʻlgʻin bosh egdi. — S. Abduqahhor — Janubiy nuqtada.
- Soʻlgʻin cheh-ra. yash Onaning rangi soʻlgʻin, koʻpdan dard chekib, xiyla azob tortgan ayolning yuzlariga oʻxshardi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Pan-jining koʻzlari qizargan, yuzi soʻlgʻin edi. — "Yoshlik".
- Sal soʻlgʻin, qalin tutzorlarga kuz hali qoʻl urmagan boʻlsa ham, endi yoz emas edi. — "Yoshlik".
- Kuyosh goh bulutlar orasiga yashi-rinar, goh birdan soʻlgʻin dalalarni, yalangʻoch teraklarni mayin tovlantirar edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Cholning ruhi soʻlgʻin, koʻzlari ich-ichiga kirib ketgan edi. — H. Safarov — Sulton boʻzchining nevara-lari.
Source: Wiktionary
Views: 0