Explanatory dictionary
so‘ppaymoq
сўппаймоқ
Meanings
- Yolgʻiz qoʻqqayib tur-moq; xunukdan-xunuk boʻlib qoʻqqayib qol-moq.
- Kimsasiz, yolgʻiz boʻlmoq.
- Hech narsasiz, quruqsan-quruq.
Examples
- Ayol kiyim-kechaklar betartib sochilgan xona oʻrtasida gangigandek soʻppayib turardi. — "Yoshlik". Xotin mendan biror oʻn yosh kichik, koʻrinishi ham shunga yarasha, lekin oʻzimizning boʻlarimiz boʻlgan.. burun soʻppa-yib chiqqan, lunjlar osilgan, boʻyin qilti-riq tortgan. M. M. Doʻst, Lolazor.
- Nima qilsin, bir oʻzi hovlida soʻppayib tura ol-maydi-ku. — "Yoshlik".
- Chol-kampir soʻppayib qoldik. Uy jimjit.. bir-birimiz-ga moʻltayib qarab oʻtiramiz. — V. Gʻofurov — Vafodor.
- Hamma dalada, ishda, bir oʻzim mahallada soʻppayib yurgim kelmadi. — R. Rah-mon — Mehr koʻzda.
- Dunyoga odam soʻppayib kelib, soʻppayib ketadigan boʻlsa, unday odam-ning kelganidan kelmagani. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Togʻani [togʻaning suratini] ayniqsa besh ketadigan qshshb chizibdi. Xoʻp vaqtida buyurgan ekanmi. Boʻlmasa quruqdan-quruq, soʻppayib kirib borishardi. — M. Mansurov — Yombi.
Source: Wiktionary
Views: 0