Explanatory dictionary
Sun’iy intellekt
Сунъий интеллект
Meanings
- akt. Ilmiy tadqiqotlarning fanlararo faol rivojlanayotgan yo‘nalishi va intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni inson ongiga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladigan imkoniyatlarga – bilimlarni olish va saqlash, undan samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan tushuncha. Sun՚iy intellekt inson zakovatining alohida funksiyalarini, masalan, avval olingan tajriba va tashqi ta’sirlarni oqilona tahlil qilish asosida maqbul qarorlarni tanlash va qabul qilish qobiliyatini o‘ziga oladigan avtomatik tizimlarning xususiyati sifatida talqin qilinadi.
- akt. Muayyan avtonomlik darajasida ma’lumotni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, odamning xatti-harakatlarini imitatsiya qilish asosida o‘rganish va qarorlar qabul qilishga layoqatli bo‘lgan dasturiy ta’minot va/yoki apparat vositalari tizimi.
Examples
- — Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati (2022).
- — Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati (2022).
Source: Wiktionary
Views: 0