Explanatory dictionary
ta’minot
таъминот
Meanings
- Kerakli narsalarni muhayyo qilib yetkazib berish; yashash, ishlash uchun zarur narsalarga boʻlgan ehtiyojni qondirish.
- Yashash, ishlash uchun kerakli pul, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi narsalar majmui.
- kam qoʻll. Maʼnaviy ozuqa; dalda; umid.
Examples
- Ijtimoiy taʼminot. Davlat taʼminoti. Taʼminot boʻlimi.
- Taʼminot ham toʻla yoʻlga qoʻyilmagan, gohi yoqilgʻi yetkazib berilmaydi.. — "Oʻzbekiston qoʻriqpari".
- ..lashkar taʼminotini ziyoratchilarning nazr-niyozlariga yuklaganlar. — K. Yashin — Hamza.
- Otasining bu soʻzlari uning [Otabekning] istiqboli uchun yaxshi taʼminotlar berar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Etymology
arab. – "taʼmin" s. koʻpl.
Source: Wiktionary
Views: 0