Explanatory dictionary
to‘g‘on
тўғон
Meanings
- . Suvni toʻsish, boʻgʻish, suv oqimini boshqarish uchun xizmat qiladigan, odatda, kattaroq oqimga ega boʻlgan ariq, daryo va soylarga quriladigan gidrotexnik qurilma, inshoot.
- . Toʻsiq, gʻov, toʻgʻonoq.
- . Toʻgʻon (erkaklar ismi).
Examples
- Tuproq toʻgʻon. Bosh toʻgʻon. Toʻgʻon qurmoq (solmoq).
- Vahobjon bahor toshqinida suv olib ketib, haligacha tuzatilmagan kanal toʻgʻonini tuzattirishga bir haftadan beri ovora edi. — S. Ahmad — Togʻ afsonasi.
- Dneprday azim daryo oldida bu nima degan gap, qahraton qishda, oʻq yomgʻiri ostida suv kechganlar nahotki shu kichik soyga toʻgʻon sololmasa? — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Toʻgʻon boʻlmoq. Toʻgʻri tayoq — baloga toʻgʻon. — Maqol.
- Aʼzamning hamon xotinidan koʻngli toʻlmas edi. Unga.. baxtimning toʻgʻoni deb qarardi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Bizlar endi ilgarigi sen aytgan goʻl, — Choʻp-u xasdan hadik olib qolaturgan Batrak emas, boʻlolmaysan bizga toʻgʻon. — Gʻ. Gʻulom.
Source: Wiktionary
Views: 0