Explanatory dictionary
to‘la
тўла
Meanings
- Butun hajmi, sigʻimi egallan-gan, band boʻlgan.
- His-tuygʻu, kuch-quvvat va shu kabilarga toʻlgan, toshgan.
- Yetishmagan yeri, qismi, kam-koʻsti yoʻq; mukammal, raso, toʻliq, but.
- Jussasi yoki biror aʼzosi boʻliq et-li, semiz.
- lar.
- Toʻla (erkaklar ismi).
Examples
- Toʻla qop. Toʻla zal. Toʻla bir chelak suv. Koʻcha toʻla odam, n
- Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva toʻla patnis qoʻyildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Quvonch toʻla koʻzlar. n
- El-murod uning roʻparasiga keldi va zahar toʻla ovoz bilan soʻradi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Sarpardalardan jon olgich dard-alam toʻla bir kuy oqa boshladi. — K. Yashin — Hamza.
- Ahmad endi oʻzini ota hisoblar va bu totli holdan yuragi gʻururga toʻla edi. — F. Musajonov — Him-mat.
- Toʻrt tomonning hammasi bahor nafo-satiga toʻla. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Toʻla ish kuni. Asboblarning toʻla komplekti. Gapning toʻla mazmuni. Toʻla javob. Toʻla ishonch. Imkoni-yatlardan toʻla foydalanmoq. Toʻla qurol-sizlanish. Toʻla joriy etmoq. Fikringizga toʻla qoʻshilaman. yaya Tursunoy koʻzini hali toʻla ochgani yoʻq edi, uzun kipriklari xira koʻzlarini toʻsib turardi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Shokir otaning uyida yashay bosh-lagach, Unsin hamma voqeani — akasi bilan Gulnorning sevgi ertagini kampirdan toʻla eshitdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uning moyi qoʻy va qoramolning moyiga nisbatan tez eriydi va toʻla hazm boʻladi. — "Fan va turmush".
- Toʻla odam, tm Oʻrta boʻyli, toʻla, lekin keng yuzining goʻshtlari sargʻayib, sal-qib tushgan, ellik sakkiz yoshlarda boʻlgan kasalnamo xotin asta-sekin yurib kelaver-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Toʻrdagi kich-qina eshik ochilib, ichkaridan toʻla yuzli.. beliga qilich osgan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi koʻrindi. A. Qodiriy, Oʻtgan kun-
- Toʻla, qip-qizil magʻizdek ayol bir hafta-da choʻpdek boʻlib qolgan edi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri. ^
Source: Wiktionary
Views: 0