Explanatory dictionary
to‘lmoq
тўлмоқ
Meanings
- Boʻsh joyi qolmay egallan-moq, band boʻlmoq.
- Koʻp yoki yetarli mikdorda biror narsaga ega boʻlmoq, egallab olmoq, qamrab olmoq; qoplanmoq, burkanmoq.
- His-tuygʻu, ichki kechinma va sh.k. bilan oshib-toshmoq.
- koʻchma ayn. toʻliqmoq.
- Son-miqdor, vaqtning maʼlum bir darajasini egallamoq.
- Kuni (yoki qazosi, paymonasi) toʻlmoq Kuni bitmoq, qazosi yetmoq, oʻlar chogʻi kelmoq.
- Mukammallashmoq, raso, but boʻlmoq; oʻrni qoplanmoq.
- Aqli (yoki miyasi) toʻlmoq Aqli oʻsib, voyaga yetmoq, aqli yetilmoq.
- Et qoʻymoq; semirmoq, toʻlishmoq.
- Ichi (yoki yuragi) toʻlmoq Toʻliqmoq, diq-qinafas boʻlmoq, diqqati oshmoq.
Examples
- Hovuz toʻldi. Zal toʻldi. Koʻcha odamga toʻldi. Qop toʻldi. Daftarning ikki beti toʻldi. Koʻzi yoshga toʻldi.
- Gullar hidiga toʻl-gan iliq, mast qiluvchi havo. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Jajjigina xona billur qandildan yogʻilayotgan nurga toʻlgan.. — U. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Gʻulomjonning yuragi achishdi. Uning yuragida shu alamlar zahri toʻlib yotardi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t. o.
- Bir zumda eshik bolalar chugʻuriga toʻl-di. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Lolaga toʻldi dala, Chakkangga taq, chakkangga. Sarasi tar-gʻil lola, Chakkangga taq, chakkangga. — T. Toʻla.
- Eng ulug bayram bugun, Keling, oʻrtoqlar. Nurlarga toʻldi bugun Uylar, oʻtloqlar. — I. Muslim.
- Onaning yuragi umid va quvonchga toʻldi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Uning [Laʼlining] biyron-biyron soʻzlarini eshit-gan Mirhosil mahliyo boʻlib qoldi, koʻkragi zavq-shavqqa toʻldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Gapingning yolgʻoni bilinib qoldi, Shu sabab-dan Yodgor gʻazabga toʻldi. — "Yodgor".
- Oʻjar erdan toʻlib yurgan kampir bir ogʻiz gap bilan yarasiga tuz sepgandek boʻldi. — S. Abdulla — Soyalar. Xaydar ota undan [
- kampirdan] Yodgorboyni soʻ-rab: -Xat kelib turibdimi? — degan edi, kampir oʻzi toʻlib turgan ekan, koʻz yoshi qil-di. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Men, oʻn oltiga rosa toʻlmagan qiz, birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻn besh kunga toʻlganida oy, Koʻkka chiqib, tunni axtardi, Orqasidan baland osmonda Olam-olam yulduzlar bordi. — H. Olimjon.
- Xurmatli ustozning poyqadami yetganiga bugunrosauch yil toʻldi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Paxta ekdik, boʻlsin deb, Shart-nomamiz toʻlsin deb, Yuz sentnerga qoʻl qoʻy-dik Dushman kuyib oʻlsin deb. — "Koʻshiqlar".
- Xudo sening aqlu hushing oldimi? Ajal yetib, sening kuning toʻldimi? — "Rus-tamxon".
- Taralganda toza gullar soʻlmasin, Omon boʻlsin, paymonasi toʻlmasin. — "Erali va Sherali".
- Qazom toʻlsa, qadam bosmay oʻlayin. — "Nurali".
- Guruh toʻldi. Shtat toʻl-di. Chalasi toʻldi. Zararning oʻrni toʻldi.
- Kitob oʻqigan kishining miyasi tobora ochiladi, toʻladi. — P. Tursun — Uqituvchi.
- Zaynab Kumushning toʻlib yetmagan gavdasiga va.. gʻubor tegmagan husniga hayron boʻlib, mulohazasini aytishdan qoʻrqdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Saltanatxon kurortdan qay-tib keldilarmi? Oyday toʻlib, kunday kulib kelgandirlar boʻlmasam? — S. Abduqahhor — Sa-namay sakkiz dema.
- Toʻgʻrisi, uydagi gaplarni hammadan bekita-bekita, ichim toʻlib ketdi. — H. Nazir — Yonardaryo.
- Yuragi toʻlib ketgan paytlarida esa hammaha.ta-si Zubaydaxosharnikiga chiqadi. — K. Yashin — Hamza. Koʻngli toʻlmoq q. koʻngkl. Sabr kosa-si toʻlmoq q. sabr 2. Uyi toʻlib qoldi Kimsaning safardagi yaqin kishisi kelib, uning oilasi jamuljam boʻlganda aytila-digan ibora.
- Yigitcha frontchi akasining kelishidan, uyi toʻlib qolishidan quvonchi ichiga sigʻmadi. — S. Ahmad — Ufq. Oʻpkasi toʻlmoq q. oʻpka I.
Source: Wiktionary
Views: 0