Explanatory dictionary
to‘mtoq
тўмтоқ
Meanings
- Uchi, tigʻi oʻtkir boʻlmagan, oʻtmas (baʼzi teshuvchi narsalar haqida).
- Old, uch tomoni kesib tashlangan, ke-silgan (oyoq, qoʻl, barmoq, daraxt va uning shoxlari haqida).
- Umuman, uch (bosh, old) tomoni oʻtkir boʻlmagan, uchli emas.
- koʻchma s. t. Akdi, zehni unchalik oʻtkir emas, bilimi, tushunchasi cheklangan, tor.
- Mazmuni yoki tuzilishi jiha-tidan qusurli; chala-chulpa, choʻltoq, mujmal.
Examples
- Toʻmtoq igna. Toʻmtoq mix. yash Usta qizning qovogʻidan qogʻozlarni olib, kiprigini toʻm-toq qaychi bilan qayirayotgan edi. S. — Ahmad — Moʻtti.
- Qshshchning toʻmtoq tomoni Yoʻldosh-ning kallasiga tegdi. S. — Siyoyev — Avaz.
- Uning toʻmtoq qoʻli bili-nar-bilinmas qaltirar, jagʻ mushaklari jimjiloqday boʻrtib loʻqillayotgandi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Novda,shri qirqshsh berib toʻmtoq boʻlib qolgan qator tut da-raxtlari chorsi kartalarni ajratib turibdi. — Mirmuhsin — Nuqra.
- Bashirjon sekin oʻrni-dan turdi. Toʻmtoq burni sal-pal kerilib, chuqur-chuqur nafas olardi. — N. Aminov — Yol-gʻonchi farishtalar.
- Dadasi mahaʼshda birinchi boʻlib galstuk taqqan, uchi toʻmtoq botinka kiyib, shimini ustiga tushirganlar-dan edi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Toʻmtoq odam, yaya Uch-toʻrt kundayoq Toji-boyning oʻqishga qunti yoʻq, zehni toʻmtoq oʻquvchilardan ekani bilinib qoldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ustarani qayrab turilmasa oʻtmaslanganidek, odam ham oʻz bilimini orttirmasa, toʻmtoq boʻlib qolar ekan. A. — Muhiddin — Hadya.
- -Bilaman qurumsoqni, — dedi kamgap, soʻzga toʻmtoq chitfurush boy-vachcha. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Toʻmtoq jumla, Toʻmtoq javob. Gapi toʻm-toqningoʻzi toʻmtoq. — Maqol. ■■ f
- Qozi:] Siz aralashmay turing, ellikboshi, johilsiz. Toʻmtoq gapirib, ishning pachavasini chi-qardingiz! — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Hoji xola.. shu bilan hikoyasini toʻmtoq qilib tugatdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Source: Wiktionary
Views: 0