Explanatory dictionary
to‘polon
тўполон
Meanings
- Behalovat, tartibsiz oʻyin, shoʻxlik.
- Umuman, betartib gʻovur-gʻuvur harakat; yugur-yugur, qiy-chuv, ur-yiqit.
- Urish-janjal, mashmasha, mojaro. Ar-zimagan gap ustida dunyo buzgan kundosh toʻ-polonlari kimning kulogʻiga yoqsin ? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Isyon, gʻalayon.
Examples
- Bola-da. Bola boʻlgandan keyin, toʻpoloni, shoʻxligi bilan boʻladi-da! — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Hamroyev kechki ovkatdan keyin birpas choʻzilmokchi boʻlgan edi, toʻgʻri kelmadi: narigi uy toʻpolon — bolalar bir-birini yostiq bilan urib oʻy-nayotibdi. A. Qahhor, Ayb kimda?
- Har bir toʻyda toʻpolon qshib, bearmon oʻynab-kulish-ga oʻrgangan bolalar bu "ulugʻ toʻy"dan norozi edilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- \Joʻra:\ Ogʻay-ni, bu yana nima toʻpolon? — I. Sultonov — Bur-gutning parvozi.
- Sen toʻpolonda bilmading. Melis ikkalamiz Gʻani toʻtini ham rosa doʻp-posladik. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Vahima-ga tushgan koʻshin birdan oʻzini orkaga tash-ladi, ammo ur-sur toʻpolonda koʻprikka sigʻ-may, ot-ulovlari bilan suvga tutday toʻki-la boshladi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sherbek Oqsoyga toʻrt kun deganda, toʻpolon ustiga yetib keldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Bir toʻpolon chikazib, obroʻsini uch pul kilay dedim-u, yana shayton-ga hay berdim. — "Mushtum".
- Toʻpolon chiqarmoq (koʻtarmok). Navoiy:] Shohim mendan nima istaydilar. \Husayn:\ Darveshali toʻpo-lonini bartaraf kshshsh va fitnachini ti-riklay tutib keltirishni oʻzlariga havola qilsak. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Suvoriy kazaklar kimdandir darak topib, gʻalayonni bostirgani kelishgan edi. Toʻpolon bosilib, Madrasa oldi jimjit boʻlgach, yana kazarmaga qaytib ketdilar. — S. Siyoyev — Avaz.
Source: Wiktionary
Views: 0