Explanatory dictionary
to‘zmoq
тўзмоқ
Meanings
- Toʻzondek har yon sochilmoq, uchmoq, toʻzgʻimoq.
- Har yonga tarqalmoq, tarqalib, sochilib ketmoq, parokanda boʻlmoq.
- Tarqamoq; tarqab, boʻlinib yoʻq boʻlmoq.
- Betartib yoyilmoq, toʻzgʻimoq, paxmaymoq.
- Eskirib, titilib ishdan chiqmoq.
- koʻchma kam qoʻll. Oʻzini oldirmoq, xazon boʻlmoq, soʻlmoq.
Examples
- Par toʻzib ketdi.
- Jimjimador yaproqlaring Sargʻayib band uzmoqda. Bevatanday shamol bshtn Yerda izgʻib toʻzmoqda. — T. Toʻla.
- Qoʻylar boʻri tekkanday toʻzdi. Sheʼr anjumani toʻzdi, uyat soʻz aralashdi. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- Umr oʻzadi, husn toʻzadi. — Maqol.
- Gavhar xayollari toʻzib, Talʼatga oʻgirilib qaradi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Nahot shunday oson boʻlsa bu dunyoning toʻzmogʻi. — T. Toʻla.
- Sshʼ1iq qilib taralgan, koʻp diqqat va mehnat sarf qilinib oʻrilgan sochlar toʻzgan, sochilgan. — A. Qahhor — Sarob.
- Kengash qilgan el ozmas, Keng bichilgan toʻn toʻzmas. — Maqol.
- Menga ovqat beradi, kiyimim juda toʻzsa, kiyim qilib beradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xoʻjayin aytgancha, "uzilmagan gul" boʻlmasa ham, ruhi, qalbi bu chirkin boʻgʻiq muhitda soʻnmagan, toʻzmagan koʻrinadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0