Explanatory dictionary
tug‘yon
туғён
Meanings
- Toshqin, suv toshqini.
- Kuchli ichki tuygʻu-kechinmalar toʻlqini; zoʻr gʻalayon, gʻulgʻula.
- Gʻalayon, isyon.
Examples
- Shodlik tugʻyoni. Tugʻyon qilmoq (urmoq).
- Raʼno chuqur oʻylab qoldi. Hafiza yuragida qaynayotgan hislar tugʻyonini shundoq yuzidan sezib turardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Chagʻalayday charx uradi Betinch oʻylarim, Tugʻyon ichra jim kezaman Dengiz boʻylarin. — E. Vohidov.
- Dilda yoshlik hissi tugʻyon qiladi Oʻriklar koʻpirib gullagan damda. — Uygʻun.
- Ehtiros tugʻyon urganda, aql chirogʻi xiralashadi. — T. Jalolov — Oltin qafas.
- "Nur va maʼrifat sari talpinganlar, haqsizlikka qarshi tugʻyon koʻtarganlar amir zindonining abadiy mahbuslari boʻlgan." — Gazetadan. —
Source: Wiktionary
Views: 0