Explanatory dictionary
uyg‘onmoq
уйғонмоқ
Meanings
- Uyqusini tark etmoq, uyqudan turmoq.
- Hayot, faoliyatga qoʻzgʻalmoq, harakatga kelmoq; amalga kirmoq.
- Paydo boʻlmoq, hosil boʻlmoq, qoʻzgʻalmoq (his, tuygʻu va shu kabilar haqida).
Examples
- Gʻulomjon choʻchib uygʻondi-yu, tevaragiga alanglab qaradi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻz ilindi deguncha kallaga dah-shatli tushlar oʻralashib kelib, bosinqirab-bosinqirab uygʻonib ketishar edi. — M. Mansurov — Yombi. Bobosi uning sharpasiga uy-gʻonib, tikilib qoldi. S. Anorboyev, Ham-qishlokdar.
- Tuproq isishi bilan, dov-daraxtlar uygʻonmasdan boshlash kerak bu ishni.. — S. Nurov — Narvoy.
- Egilib turgan qator olchalar ham uygʻondi; guldan hali darak yoʻgʻ-u, koʻm-koʻk, ushoq-ushoq yaproqchalar chiqardi. — Sh. Xolmirzayev — Toʻlqinlar.
- Unda adabiyotga qiziqish uygʻondi. n
- Buni koʻrib Sidiqjonning qalbida juvonga nisbatan har qanday gʻarazdan xoli bir mehr uygʻondi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻsmir-likda uygʻongan havas, Borib-borib boʻldi muddao. — Yo. Mirzo.
Source: Wiktionary
Views: 0