Explanatory dictionary
va’z
ваъз
Meanings
- Diniy tushunchalarni xalqqa, qavmga tushuntirishga, targʻib qilishga qaratilgan nutq; voiz tomonidan yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi daʼvat.
- Maʼruza; leksiya; nutq.
- Nasihatomuz yoki tashviqiy nutq; pand-nasihat, oʻgit.
- Vaʼz aytmoq (yoki oʻqimoq, qilmoq) Maʼruza qilmoq, nutq soʻzlamoq; tashviq-targʻib tarzidagi soʻzlar aytmoq.
Examples
- Oradan uch kun oʻtib, namoz jumadan keyin, Abduvaqqos eshon vaʼz aytibdi, gʻazotga fatvo beribdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻz vaʼzini tamomlar ekan, dedi: "Tanqid keltirar foyda". — M. Ikrom — Koʻngil guli.
- Xalil ota Toʻraxonovning balandparvoz vaʼzini jimgina oʻtirib tingladi. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
- Majlisda oziq-ovqat "razvyorstka"si (taqsimlash) haqida vaʼz aytadi-yu, uyida sholini oʻraga koʻmadi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Nihoyat, doʻppaygan ikki goʻr ustida Olimjon aka koʻchani toʻldirgan xalqqa qarata vaʼz aytdi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- U [qalandar] ovozini baland qoʻyib, oxirat kunidan vaʼz aytardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Gʻiyosxon jigʻibiyroni chiqib, unga vaʼz oʻqishga tushib ketardi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
- Biz uni kolxoz radiouzelida mikrofon yonida vaʼz qilayotganida uchratdik. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
Etymology
arab. – pand-nasihat; nasihat qilish
Source: Wiktionary
Views: 0