Explanatory dictionary
yalang‘och
яланғоч
Meanings
- Kiyim kiymagan, ust-bosh-siz, kiyimsiz.
- Bargsiz, bargi yoʻq; bargi toʻ-kilgan.
- Dov-daraxtsiz, imoratsiz, giyoh-siz; yalang.
- Ustiga biror narsa toʻshalma-gan; palossiz.
- Kiyishga kiyimi yoʻq; ust-boshi xarob; kambagʻal, qashshoq.
- Qinsiz, gʻilofsiz; qin, gʻilofdan chiqarilgan (baʼzi qurol-yarogʻlar haqida).
Examples
- Yalangʻoch goʻdak. n
- Non qad-rini och bilar, Kiyim qadrini — yalangʻoch. — Gazetadan.
- Fosih afandi, muzga yalangʻoch oʻtirib olganday, seskanib tushdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Uning oyok yalang, yarim yalangʻoch shoʻx bolalari.. shovkin-suron bilan oʻynashar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Suv yokalab oʻsgan yalangʻoch daraxt-larning butok-novdalarida sovuq shamol shuvullaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Quyosh novcha teraklarning yalangʻoch novda-larini choʻgʻdek qizartirib, adir orqasiga choʻkdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Yalangʻoch yer yangi choʻmiltirilgan chaqaloqday bugʻlanadi. — P. Qodirov — Uch il-diz.
- Nuri oldinroq yurib, sahni yalangʻoch, eni bir boʻyra qadar ayvonga yaqin-lashgach.. katta paxmoq kuchuk oʻrnidan tur-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mendan bosh-qa odam turmaydi shekilli, karavotlar yalangʻoch, matraslar yigʻishtirilmagan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ochman! Yalangʻoch-man! Xorman! Siz u deb soʻkasiz, bu deb soʻka-siz, bas-da, shuncha xoʻrlaganingiz. — M. Is-moiliy — Fargʻona t. o.
- Xon Hasanning qilichi qoʻlida yalangʻoch.. — "Hasanxon".
- Bir qoʻlida yalangʻoch nagan, bir qoʻlida fonar. — "Guldasta".
Source: Wiktionary
Views: 0