Explanatory dictionary
yig‘in
йиғин
Meanings
- Kishilarning fikr olishu-vi yoki biror masalani hal qilish uchun toʻplanish; yigʻilash, majlis. Niyoz qushbegi soʻzlab, iigʻinning maqsadi bilan ahli maj-lisni tanishtira bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Kishilarning biror marosim, ziyofat munosabati bilan yoki oʻzaro suhbatlashish, koʻngil ochish uchun toʻplanishi; yigʻilish.
Examples
- Bosh muharrir katta yigʻinlarda, majlislarda qatnashaverib, xaloyiq oʻrta-sida oʻzini tutishga usta boʻlib ketgan edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Bil-dimki, bugun uyimizda bir yigʻin boʻladi. — Oydin — Doʻndiqdan ham yosh ekan.
- Shunday qilib, bu qiyomat yigʻin kecha yarim boʻlganda guv-guv bilan tarqaldi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
Source: Wiktionary
Views: 0