Explanatory dictionary
yig‘ishtirmoq
йиғиштирмоқ
Meanings
- Yoyiq, chochiq nar-salarni bir joyga toʻplamoq; yigʻmoq.
- Yigʻib-terib olmoq, (dehqonchilik, dala mahsulotlari haqida).
- —Oʻzbek tilining izoxdi lugʻati
- Jam holga keltirmoq. Koʻchlapingni yi-gʻishtir! Aravani qoʻsh! Quvaga joʻnagaymiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Ishlatilgan, foydalanilgan narsalar-ni yotgan (turgan) joyidan yigʻib olmoq, oʻrin-joyni tartibga keltirmoq, tozala-moq, saranjom-sarishta qilmoq.
- Tartibli holatga solmoq, epaqaga kel-tirmoq (oʻzini yoki oʻzidagi biror narsani).
- Bas qilmoq, barham bermoq.
- Dov-dastgohni yigʻishtirmoq q. dov-dast-goh. Taxta-oʻqlogʻini yigʻishtirmoq Biror ish-faoliyatni toʻxtatmoq.
- yigʻiq 1 Yigʻib toʻplab qoʻyil-gan, toʻplogʻlik. Yigʻiq soch. Yigʻiq barglar.
- Yigʻinchoq, yigʻnoq; ixcham. Yigʻiq fikr.
- Yigʻiq ran tlsh. Bosh boʻlak (ega va ke-sim)dangina tuzilgan ran.
- yigʻiqlik Yigʻib qoʻyilgan, yigʻiq holatli. Ugay qizining soʻzlaridagi qatʼiyat-dan choʻchigan Lobar supadagi yigʻiqlik oʻrinni mastlikdan qizargan koʻzlari bilan kuzatib boʻshashdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar.
Examples
- Baʼ-zilar zinalarga sochilib qolgan gʻisht boʻlak-larini, kesaklarni darhol yigʻishtirib olib tashlardilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda nar-salarini yigʻishtirdi. — O. Moʻminov — Xiyobon-dagi uch uchrashuv.
- Aql-zakovat bilan ish tutib, terimni nechogʻliq tezlashtir-sak, hosilni shuncha tezroq yigʻishtirib ola-miz. — Gazetadan.
- Dehqonning oltinpazi paxta teradi, sohibkori uzum uzadi, qovunchisi po-liz yigʻishtiradi, molboqari xashak jamgʻa-radi. — Gazetadan.
- Otabek kirgizilgan Hasanalining uyi Oybodoq ona tomonidan tozagina yigʻishtirilib.. asbob-jihozlar bilan ziynatlangan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tashqari hovlida hamma uylarni yigʻishtirdim, koʻrpachalarni hovliga olib chiqib qoqdim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U yoq-bu yogʻingni yigʻishtir, mehmon kela-di. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Boshyalang, sochini yaxshigina yigʻishtirib qoʻygan. — Oydin — Hikoyalar.
- Juvon.. roʻmolini oliboʻradi, etaklarini yigʻishtiriboʻrnashib oʻtirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qachondan beri sipo boʻlib qolding? Qizlar-dan gap ketsa, ogʻzingni yigʻishtirib ololmas-ding-ku! — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Men sho-tida oʻtirib kitob oʻqishni ham, ovga chiqishni ham yigʻishtirib qoʻydim. — Sh. Xolmirzayev — Yoʻllar, yoʻldoshlar. Ahmad ish topishdan umidini uzib, redaksiya,garga uchrashni yigʻish-tirib qoʻydi. F. Musajonov, Himmat.
- "Povurkon" (fabrika) mollari hamma yoqni toʻldirib, kosib-larning bozorini kasod qilganligi, ishi chip-pakka chiqqan kosiblar birin-ketin taxta-oʻqlogʻini yigʻishtirayotganligini tasvirlab ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Esini (yoki es-hushini) yigʻishtirmoq Es-hushini joyiga keltirmoq, fikr-xayolini toʻgʻri yoʻlga solmoq.
- Hamza es-hushini yigʻishtirib olib, qogʻozni buklogʻidan yozdi-da, unga koʻz yugurtirib, shu soʻzlarni oʻqidi.. — K. Yashin — Hamza.
- Yolgʻizjon avval gumburlagan ovozni eshitdi.. esini yigʻishtirishga urindi, ammo madori yetmadi. — R. Rahmon — Meqr koʻzda. Es borida etakni yigʻishtirmoq (yoki yopmoq) Es borida, oʻz vaqtida aybli (nomaqbul) ish-larga barham bermoq.
- Shuni bilib qoʻyingki, isharingizning oxiri voy! Tezda etagingiz-ni yigʻishtirib oling! — H. Gʻulom — Toshkent-liklar.
Source: Wiktionary
Views: 0