Explanatory dictionary
yig‘loqi
йиғлоқи
Meanings
- ayn. yigʻloq.
- Yigʻi tovushiga oʻxshash, yigʻi kabi.
- Kishini ezadigan; mungli (kuy, ohang va shu kabilar haqida).
- yigʻloqilik Boʻlar-boʻlmasga yigʻ-lash, shunday xarakter, xususiyat.
Examples
- Onalar injiq, yigʻloqi bolalarini "gapimga kirmasang, cha-kalakzorga eltib tashlayman" degan poʻpisa bilan tiyib kelishgan. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Bo-zorinav masjidining pastakkina mezanasiga chiqib, shom azonini aytgan soʻfining yigʻloqi ovozi uni oʻziga keltirdi. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
- Mahkam nimaligiga tushunolmas, har qalay, bu ashula emas, qandaydir yigʻloqi nolish edi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Mungli bulbulday Ing-radi tinmay, Bagʻrim ezardi, Borliqni yoqib Yigʻloqi surnay. — Gʻ. Gʻulom.
- Yozarmidim yigʻloqi baytni, Titrarmidim koʻzda yosh bilan? — A.Oripov. Bu qoʻshiqlarning
- [nasihat qoʻshiq-lari] badiiy saviyasi past va ohangi yigʻloqi. — Oʻ. Rashid — Qoʻshiqlar haqida.
- Yigʻloqi-lik sizga yarashmaydi. — I. Rahim — Taqdir.
- Es-dan chiqarmang, ona.. Yigʻloqilik ketmaydi! — Sh. Xolmirzayev — Qaytish.
Source: Wiktionary
Views: 0